Odilov Yorqinbek Olimbek oʻgʻli (2000-yil 28-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning nayza uloqtirish va yadro uloqtirish yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Paralimpiya chempioni. „Shuhrat“ medali sohibi.

Tarjimai holi Yorqin Odilov 2000-yil 28-iyunda tugʻilgan.

Fargʻona davlat universitetida tahsil olgan.

Faoliyati 2017-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Yaxyo Yakubov.

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Nayza uloqtirish boʻyicha F57 toifasidagi musobaqada ishtirok etib, 11.71 m natija qayd etgan holda 9-oʻrinda musobaqani yakunlagan.

2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Yorqin Odilovga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan.

2024-yilda Parijda oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida 50.32 m natija bilan nayza uloqtirish (F57 klassda) boʻyicha paralimpiya chempioniga aylangan.

Mukofotlari „Shuhrat“ medali. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (2024-yil)

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari Turkum:Oʻzbekistonda tugʻilganlar