Yozgi Paralimpiada oʻyinlari, shuningdek, Paralimpiada oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan, jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etadigan xalqaro koʻpsport musobaqasidir. Ushbu musobqada qatnashuvchi sportchilar qatoriga harakatlanishida nuqsoni boʻlgan, amputatsiyaga uchraganlar, koʻrlik va bosh miya falaji bilan kasallanganlar kiradi. Paralimpiada oʻyinlari Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. Medallar har bir musobaqada beriladi, birinchi oʻrin uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush va uchinchi oʻrin uchun bronza medallari bilan taqdirlanadi. Ushbu anʼana 1904-yilda boshlangan Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliqdir.

AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiyaning har biri yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ikki marta mezbonlik qilgan. Yana oʻn bir davlat bir marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan, bu roʻyxatga quyidagi davlatlar kiradi: Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Italiya, Niderlandlar, Janubiy Koreya va Ispaniya.

2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga koʻra, yozgi oʻyinlarning har birida oʻn toʻrtta davlat ishtirok etgan: Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Niderlandlar, Shvetsiya, Shveysariya, AQSh – barcha yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu roʻyxatdan 2020-yilgacha boʻlgan barcha musobaqalarda 7 ta davlat oltin medallarni qoʻlga kiritishga erishgan: Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari.

Amerika Qoʻshma Shtatlari: 1964, 1968, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992 va 1996-yillardagi sakkizta Yozgi Paralimpiada oʻyinlari boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan (medallar boʻyicha) mamlakat boʻlgan. Xitoy 2004, 2008, 2012, 2016 va 2020-yillardagi beshta soʻnggi oʻyinlarda eng yuqori oʻrinni egallagan davlat. Yana uchta davlat kamida bir marta ushbu oʻringa erishishga muvaffaq boʻlgan: Italiya (1960), Germaniya (1972) va Avstraliya (2000). Saralash Paralimpiya sport turlarining har biri uchun saralash qoidalari ushbu sport turining xalqaro musobaqalarini tartibga soluvchi Sport federatsiyalari (IF) tomonidan belgilanadi. Tarixi Birinchi rasmiy Paralimpiya oʻyinlari 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtgan„Paralympics traces roots to Second World War“, CBC, September 3, 2008. 1960-yilgi oʻyinlarda 23 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etgan, ammo faqat nogironlar aravachasidagi sportchilar ishtirok etgan.

1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda turli nogironligi boʻlgan sportchilar birinchi marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga kiritilgan. Koʻproq nogironlik toifasidagi sport turlarini kiritish bilan 1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda 40 mamlakatdan 1600 nafar sportchiga oshgan.

1988-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻsha yilgi Olimpiada bilan bir xil joyda (va shuning uchun bir xil obyektlardan foydalangan holda) oʻtkazilgan birinchi oʻyin boʻlgan. Oʻshandan beri barcha Paralimpiya oʻyinlari Olimpiada oʻtkazilgan bir shaharda oʻtkaziladi, ularning har biri oʻrtasida ikki haftalik tanaffus boʻladi.

Rio-de-Janeyro 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazgan va Yozgi yoki Qishki oʻyinlarni oʻtkazgan Lotin Amerikasi va Janubiy Amerikadagi birinchi shaharga aylandi. Tokio 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiladi va bu oʻyinlarni ikki marta oʻtkazilgan birinchi shaharga aylanadi. Barcha davrlardagi medallar jadvali

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, eng yaxshi yigirmata davlatga havola qilingan. Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1960—2020)

Paralimpiya sport turlari roʻyxati

Bir qator turli xil sport turlari u yoki bu musobaqada Paralimpiya dasturiga kiritilgan.

Sport turi Yil Kamondan otish barcha musobaqalarda Yengil atletika barcha musobaqalarda Badminton 2020-yildan Basketbol ID 2000 Bochcha 1984-yildan Velosport 1988-yildan Parakanoe 2016-yildan Dartteriya 1960–1980 Ot sporti 1996-yildan Futbol 5x5 2004-yildan Futbol 7x7 1984—2016 Golbol 1976-yildan Dzyudo 1988-yildan Chim ustida bouling 1968—1988, 1996 Para qoyaga koʻtarilish 2028 Paratriatlon 2016-yildan Sport yuri Yil Pauerlifting 1984-yildan Eshkak eshish 2008-yildan Yelkanli kemada suzish 1996, 2000—2016 Oʻq otish 1976-yildan Snuker 1960—1976, 1984—1988 Suzish barcha musobaqalarda Taekvondo 2020-yildan Stol tennisi barcha musobaqalarda Voleybol 1976-yildan Ogʻir atletika 1964—1992 Nogironlar aravachasidagi basketbol barcha musobaqalarda Nogironlar aravachasidagi qilichbozlik barcha musobaqalarda Nogironlar aravachasidagi regbi 1996, 2000-yildan Nogironlar aravachasidagi tennis 1988, 1992 Kurash 1980—1984 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari roʻyxati

Paralimpiada oʻyinlari Yil Mezbon Tomonidan ochilgan Sana Davlat Ishtirokchilar Sport turlari Musobaqalar Top davlat Umumiy Erkaklar Ayollar 1 1960 Rim, ItaliyaCamillo Giardina 1960-yil 18–25-sentyabr 23 400 8 57 2 1964 Tokio, YaponiyaValiahd shahzoda Akihito 1964-yil 3–12-noyabr 21 375 307 68 9 144 3 1968 Tel Aviv, IsroilYigal Allon 1968-yil 4–13-noyabr 29 750 10 181 4 1972 Heidelberg, GFRPrezident Gustav Heinemann 197-yil 2–11-avgust 41 1,004 187 5 1976 Toronto, KanadaLeytenant gubernator Pauline Mills McGibbon 1976-yil 3–11-avgust 32 1,657 1,404 253 13 447 6 1980 Arnhem, NiderlandlarMalika Margriet 1980-yil 21–30-iyun 42 1,973 12 489 7 1984 New York, AQShPrezident Ronald Reagan 1984-yil 17–30-iyun 45 1,800 15 300 Stoke Mandeville, Birlashgan QirollikCharles III 1984-yil 22-iyul – 1-avgust 41 1,100 10 603 8 1988 Seul, Janubiy KoreyaPrezident Roh Tae-woo 1988-yil 15–24-oktyabr 61 3,057 17 732 9 1992 Barcelona, IspaniyaGretsiyalik Sofiya 1992-yil 3–14-sentyabr 82 3,020 20 555 Madrid, Ispaniya 1992-yil 15–22-sentyabr 75 1,600 10 1996 Atlanta, AQShVitse-Prezident Al Gore 1996-yil 16–25-avgust 104 3,259 2,469 790 17 508 11 2000 Sydney, AvstraliyaGeneral-gubernator Sir William Deane 2000-yil 18–29-oktyabr 121 3,881 2,891 990 19 551 12 2004 Afina, Gretsiya Prezident Konstantinos Stephanopoulos 2004-yil 17–28-sentyabr 136 3,806 2,646 1,160 518 13 2008 Pekin, Xitoy Prezident Xu Szintao 2008-yil 6–17-sentyabr 146 3,951 472 14 2012 London, Birlashgan Qirollik Elizabeth II 2012-yil 29-avgust – 9-sentyabr 164 4,302 20 503 15 2016 Rio de Janeiro, Braziliya Prezident Michel Temer 2016-yil 7–18-sentyabr 159 4342 22 528 16 2020 Tokio, Yaponiya Imperator Naruhito 2021-yil 24-avgust – 5-sentyabr 163 4,520 53917 2024 Parij, Fransiya Prezident Emmanuel Macron 28-avgust – 8-sentyabr 2024 169 4,462 549Davom etayotgan musobaqa18 2028 Los Angeles, AQSh 2028-yil 15–27-avgustBoʻlajak musobaqa 23 Boʻlajak musobaqa19 2032 Brisbane, Avstralia 24-avgust – 5-sentyabr 2032Boʻlajak musobaqa20 2036 TBAFuture event

COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga koʻchirilgan, ushbu musobaqa birinchi koʻchirilgan Paralimpiya oʻyinlari boʻlgan. Jadval bir yil keyinroqqa oʻzgartirilgan boʻlsa ham 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari deb aytiladi. Keyinchalik yangi sanalar 2021-yil 24-avgustdan 5-sentabrgacha boʻlgan davr uchun tasdiqlangan.

Yana qarang Paralimpiya o‘yinlarining barcha davrlardagi medallar jadvali Yozgi Olimpiada oʻyinlari Manbalar

Havolalar Official Site of the Paralympic Movement

Turkum:Yozgi Paralimpiada oʻyinlari Turkum:Paralimpiada oʻyinlari Turkum:1960-yildan beri muntazam oʻtkazilayotgan sport musobaqalari Turkum:Toʻrt yillik sport musobaqalari Turkum:Yozgi koʻpsport musobaqalari