Oriol Romeu Vidal (1991-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – Ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing Barcelona klubi yarim himoyachisi.
Romeu karyerasini Barcelona jamoasida boshlagan, asosan Barselona B safida toʻp surgan. 2011-yilda 5 million yevro evaziga Londonning Chelsea klubi bilan shartnoma imzolagan va toʻrt mavsumdan ikkitasini Valensiya va VfB Stuttgart klublarida ijara asosida oʻtkazgan futbochi keyinchalik boshqa bir Premyer-liga klubi Southampton bilan shartnoma imzolagan. Ingliz klubi safida jami 256 oʻyinda maydonga tushgan Romeu 2022-yilda La Liganing Girona jamoasi safiga koʻchib oʻtdi.
Romeu Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi safida toʻp surgan. Undan tashqari 2008-yilda Ispaniya U-17 terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga ham aylangan.
Klublardagi karyerasi
Barcelona Kataloniyaning Tarragona provinsiyasidagi Ulldecona shahrida tugʻilgan Romeu oʻz faoliyatini mahalliy CF Ulldecona jamoasida boshlagan. Keyinchalik biroz vaqt davomida RCD Espanyol klubida toʻp surgan futbolchi 2004-yilda Barselona yoshlar akademiyasiga kelib qoʻshilganOriol Romeu Official Site; Oriol Romeu, 13 March 2017. Jamoa murabbiyi Pep Gvardiola Quvaytning Kazma Sporting Club klubiga qarshi oʻrtoqlik bahsida Romeuni ilk bor maydonga tushiradi va keyinchalik uni Abu-Dabida boʻlib oʻtgan FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun ham qaydnomaga kiritadiStoke City plot shock swoop for Barcelona starlet Oriol Romeu; Goal.com, 4 January 2010.
Romau 2010-yil 13-avgust kuni asosiy tarkib futbolchilarning katta qismi Ispaniya terma jamoasiga jalb qilinganligi sababli Barcelona jamoasining oʻn toʻqqiz kishidan iborat tarkibidan joy oldi. U rasmiy uchrashuvlardagi debyutini Ispaniya Superkubogining birinchi bosqichidagi Sevilla klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
Roméu La Ligada esa 2011-yil 15-may kungiDeportivo de La Coruña jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushirildi. U uchrashuvning yakuniy 10 daqiqasida boshqa bir La Masia oʻyinchisi Jonatan dos Santos oʻrniga oʻyinga qoʻshildi.
Chelsea thumb|Romeu Chelsea klubi safida, 2012-yil 2011-yil 22-iyulda Romeu Chelsea jamoasiga oʻtishi haqidagi xabarlar tarqala boshladi. Keyingi kuni futbolchining oʻzi ham bu shartnomaga roziligi maʼlum boʻldiChelsea close in on Barcelona midfielder Oriol Romeu; The Daily Telegraph, 22 July 2011. Biroq u U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etayotganligi sababli tibbiy koʻrik biroz muddatga kechikdiVillas-Boas: Why i want Oriol; Chelseaʼs official website, 23 July 2011. 4-avgust kuni ingliz klubi Romeu transferi toʻgʻrisida rasman eʼlon qildi. „Aristokratlar“ futbolchi uchun 5 million yevro toʻladi. Shartnoma bandlarida agar Barcelona oʻyinchini qaytarishni xohlasa 2012-yilda 10 million yoki 2013-yilda 15 million yevro miqdorda toʻlashi belgilab qoʻyildiChelsea sign midfielder Oriol Romeu from Barcelona; BBC Sport, 4 August 2011 Yangi jamoasida unga 6-raqam berildi.
Romeu 2011-yil 10-sentyabrda safidagi rasmiy debyutini oʻtkazdi. Sunderland jamoasiga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. Shu oyning 21-sanasida esa u Liga Kubogi doirasidagi Fulham bilan uchrashunda ilk bor asosiy tarkibda oʻyinni boshladi.
Romeu UEFA Chempionlar ligasidagi dastlabki bahsini 2011-yil 19-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan K.R.C. Genk klubiga qarshi guruh bosqichi bahsida oʻtkazdi. Premyer-ligadagi debyuti esa 26-noyabr Wolverhampton Wanderers bilan kechgan oʻyinga toʻgʻri keldi.
2012-yilning 25-sentyabrida Romeu Chelsea safidagi debyut golini kiritdi. Stamford Bridge stadionida kechgan Wolverhamptonga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi. Bosh murabbiy Roberto Di Matteo Yossi Benayoun, Michael Essien va Raul Meireles kabi futbolchilarning ketishi u uchun koʻproq oʻyin amaliyoti yaratishi mumkinligini taʼkidladi. Ammo 11-dekabr kungi Sunderland bilan oʻyinda jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuboradigan boʻldi.
Valencia (ijara) 2013-yil 12-iyul kuni Romeu mavsum yakuniga qadarValencia jamoasiga ijaraga berildi. U klub safidagi debyut oʻyinini 15-sentyabr kuni Real Betis jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Fevral oyida Romeu mashgʻulotlardagi mushaklaridan olgan jarohati tufayli bir oydan ziyod muddatga safdan chiqqani maʼlum boʻldi. Mavsum davomida futbolchi Ispan klubi uchun 18 oʻyinda maydonga tushdi.
Stuttgart (ijara) 2014-yil 17-iyul kuni Romeu Chelsea bilan amaldagi shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirdi. Shunga qaramasdan 4-avgust kuni Germaniyaning VfB Stuttgart klubiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi.
Southampton thumb| Romeu Sauthampton safida, 2017-yil 2015-yilning 13-avgust kuni Romeu Sauthampton jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 5 million funt sterling etib belgilandi. U ikki kundan keyin, Everton bilan bahsning ikkinchi boʻlimida Dusan Tadic oʻrniga maydonga tushirildi va uch daqiqadan keyin James CcCarthyga nisbatan iswhlatgan qoʻpolligi uchun sariq kartochka koʻrsatildi. U 5-dekabr yangi jamoasidagi ilk golini kiritdi va Aston Villa jamosiga qarshi bahs 1-1 hisobida yakunlanishini taʼminladi.
Girona 2022-yil 1-sentyabrda Romeu La Ligaga qaytibGirona jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Barcelona 2023-yil 19-iyul Romeu oʻzining sobiq klubi Barcelona bilan uch mavsumga moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Terma jamoadagi karyerasi U 2008-yilgi UEFA U-17 Yevropa Chempionatida Ispaniya sharafini himoya qildi. Toʻrtta uchrashuvda maydonga tushgan Romeu jamoasining turnirda gʻolib boʻishiga katta yordam berdiSaffer, Paul (16 May 2008). .
U 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlarini guruh bosqichida tark etgan Ispaniya olimpiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritildi va faqatgina ikki bahsda zaxiradan maydonga tushirildi.
Karyerani statistik
+KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga KubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBarselona B2008–09Segunda División B5000 - - -502009–10Segunda División B22000 - -402602010–11Segunda División18100 - - -181Umumiy45100--40491Barcelona2010–11La Liga1000 -001020Chelsea2011–12Premyer Liga160203030 -2402012–13Premyer Liga600021100091Umumiy22020514000331Valencia (ijara)2013–14La Liga13010 -40 -180VfB Stuttgart (ijara)2014–15Bundesliga27010 - - -280Southampton2015–16Premyer Liga291113020 -3522016–17Premyer Liga351203060 -4612017–18Premyer Liga3415010 - -4012018–19Premyer Liga3111010 - -3312019–20Premyer Liga3002030 - -3502020–21Premyer Liga2111010 - -2312021–22Premyer Liga3624020 - -4222022–23Premyer Liga100010 - -20Umumiy217716115080-2568Girona2022–23La Liga33210 - - -342Barcelona2023–24La Liga28020 -7000370Umumiy387102312012305045812
Sovrinlar Bacelona
La Liga: 2010-11 Ispaniya superkubogi: 2010
Chelsea
Angliya kubogi: 2011-2012 UEFA chempionlar ligasi: 2011-2012
Southampton
Liga kubogi finalchisi: 2016-2017
Ispaniya U-17
UEFA U-17 Yevropa chempionati: 2008
Ispaniya U-19
UEFA U-19 Yevropa chempionati finalchisi: 2010
Manbalar
Turkum:RCD Espanyol futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Girona FC futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Valencia C.F. futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar