Italiya yuqori darajada rivojlangan ijtimoiy bozor iqtisodiyotiga ega. U Yevropa Ittifoqidagi uchinchi yirik milliy iqtisodiyotdir, hamda Yevropadagi ikkinchi yirik ishlab chiqarish sanoati (dunyoda 7-oʻrinda) hisoblanadi. Nominal yalpi ichki mahsulot boʻyicha dunyodagi 9- va YaIM (XQP) boʻyicha esa 12-oʻrinda turadi. Italiya yuqori daromadli rivojlangan davlat boʻlib, uning ilgʻor va diversifikatsiyalangan iqtisodiyoti dunyodagi eng yiriklari qatorida turadi va iqtisodiyotda xizmat koʻrsatish sektori ustunlik qiladi. Italiya katta kuchga ega davlat va Yevropa Ittifoqi, Yevro hudud, Shengen hududi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), G7 va G20 ning asoschilaridan biri hisoblanadi; Italiya iqtisodiyoti 2021-yildagi 611 milliard dollarlik eksport bilan dunyodagi sakkizinchi yirik eksportchidir. Italiya oʻzining eng yaqin savdo aloqalarini Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan amalga oshiradi va umumiy savdoning taxminan 59 foizi shu davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Eng yirik savdo hamkorlari esa bozor ulushi boʻyicha Germaniya (12,5%), Fransiya (10,3%), Amerika Qoʻshma Shtatlari (9%), Ispaniya (5,2%), Buyuk Britaniya (5,2%) va Shveysariya (4,6%) hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Italiya urush oqibatlaridan jiddiy zarar koʻrgan qishloq xoʻjaligiga asoslangan iqtisodiyotdan, dunyoning eng ilgʻor iqtisodiyotlardan biriga va xalqaro savdo va eksport boʻyicha yetakchi mamlakatga aylangan. Inson rivojlanishi indeksi (Human Development Index) boʻyicha mamlakat juda yuqori turmush darajasiga ega. The Economist nashriga koʻra, Italiya dunyodagi 8-eng yuqori hayot sifati koʻrsatkichiga ega davlatdir. Italiya dunyodagi uchinchi yirik oltin zaxirasiga ega va Yevropa Ittifoqi byujetining uchinchi yirik sof hissadori hisoblanadi. Bundan tashqari, rivojlangan davlatlar orasida uning xususiy boyligi dunyodagi eng yiriklaridan biridir. YaIMga nisbatan xususiy boylik koʻrsatkichi boʻyicha Italiya Hong Kongdan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. OECD aʼzolari orasida Italiya juda samarali va kuchli ijtimoiy xavfsizlik tizimiga ega boʻlib, u YaIMning taxminan 24,4 foizini tashkil qiladi.
Italiya dunyodagi yettinchi yirik ishlab chiqaruvchi boʻlib"Manufacturing, value added (current US$) ". accessed on 17 May 2017., u global transmilliy korporatsiyalar soniga qaraganda kichik, ammo juda dinamik kichik va oʻrta bizneslari bilan ajralib turadi. Kichik va oʻrta bizneslar koʻp hollarda sanoat tumanlarida joylashgan boʻlib, Italiya iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Italiya turli xil mahsulotlarning yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportchisidir. Ushbu mahsulotlar ichiga texnika mexanizmlari, transport vositalari, farmatsevtika mahsulotlari, mebel, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar kiradi. Italiya katta savdo daromadiga ega. Shuningdek, mamlakat nufuzli va innovatsion biznes sektori, samarali va raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi sektori (Italiya dunyodagi eng yirik vino ishlab chiqaruvchisi), va yuqori sifatli hunarmandchilik va toʻquvchilik mahsulotlari bilan ham tanilgan: avtomobillar, kemalar, uy jihozlari va dizayner kiyimlari. Italiya Yevropadagi eng katta va global miqyosda uchinchi eng yirik hashamatli mahsulotlar markazidir . Italiya kuchli kooperativ sektorga ega boʻlib, aholining eng katta ulushi (4,5%) Yevropa Ittifoqidagi kooperativda ishlaydi.
Ushbu yutuqlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti hozirgi kunda bir nechta strukturaviy va nostruktural muammolardan aziyat chekmoqda. Yillik oʻsish sur’atlari koʻpincha Yevropa Ittifoqining oʻrtacha koʻrsatkichlaridan past boʻlib qolmoqda. Italiya 2000-yillarning oxiridagi inqirozdan qisman zarar koʻrdi. 1980-yillardan boshlab hukumatning katta miqdordagi xarajatlari davlat qarzining jiddiy oʻsishiga olib keldi. Bundan tashqari, Italiyada yashash standartlari juda yuqori boʻlsa-da, mamlakatda shimol-janub boʻyicha katta farqlar mavjud. Ancha boy Shimoliy Italiya aholi jon boshiga YaIM boʻyicha Yevropa Ittifoqi oʻrtacha koʻrsatkichidan sezilarli darajada yuqori boʻlsa, Janubiy Italiyadagi baʼzi mintaqalar va viloyatlar oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha past darajada qolmoqda. Markaziy Italiyada aholi jon boshiga YaIM oʻrtacha koʻrsatkichda . Soʻnggi yillarda Italiya aholi jon boshiga YaIM oʻsishi Yevro hududning oʻrtacha koʻrsatkichiga asta-sekin yetib bormoqda. Shuningdek, uning bandlik darajasi ham oshdi. Biroq, iqtisodchilar rasmiy raqamlarni savol ostiga qoʻyishmoqda, chunki norasmiy ishlarning katta soni (taxminan ishchi kuchining 10% dan 20% gacha) mavjud boʻlib, ular faoliyatsizlik yoki ishsizlik darajasini oshiradi. Yashirin iqtisodiyot Janubiy Italiyada juda keng tarqalgan. Shimolga qarab bu holat kamayib boradi. Haqiqiy iqtisodiy sharoitlarga koʻra Janubiy Italiya deyarli Markaziy Italiya darajasiga teng.
Tarixi
Uygʻonish davri Italiya iqtisodiy rivojlanishida alohida ajralib turdi. Venetsiya va Genuya shaharlari savdo pionerlari boʻlib, avval dengiz respublikalari, keyin esa mintaqaviy davlatlar sifatidarivojlanishni boshladi. Keyinchalik esa Milan, Florensiya va Italiyaning qolgan shimoliy qismlari ham rivojlanishni boshladi. Ularning erta rivojlanishiga Venetsiya koʻllarining harbiy jihatdan nisbatan xavfsizligi, aholining zichligi va tadbirkorlikni jozibador qiladigan institutsional tuzilmalar sabab sifatida keltiriladi. Venetsiya Respublikasi muhim xalqaro moliyaviy markaz boʻlib, IX asrdan XV asrgacha asta-sekin oʻz choʻqqisiga chiqdi. Qimmatli qogʻozlar keng qoʻllaniladigan xavfsiz moliyaviy vosita sifatida ilk bor oʻrta asrlar oxiri va erta Uygʻonish davri Italiya shahar-davlatlari (masalan, Venetsiya va Genuya) tomonidan ixtiro qilingan.
1600-yildan keyin Italiyada iqtisodiy inqiroz sodir boʻldi. 1600-yilda Shimoliy va Markaziy Italiya Yevropaning eng rivojlangan sanoat hududlaridan birini tashkil etgandi. Bu hududda yashash darajasi nihoyatda yuqori edi. 1870-yilga kelib Italiya iqtisodiy jihatdan qoloq va inqirozga uchragan mamlakatga aylandi; uning sanoat tuzilmasi deyarli qulab tushgandi, resurslarga nisbatan aholi soni haddan tashqari koʻp, iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga tayanib qoldi. Urushlar, siyosiy boʻlinishlar, cheklangan fiskal siyosat va dunyo savdosining shimoli-gʻarbiy Yevropa va Amerika qitʼasiga koʻchishi buning asosiy omillari ediCarlo M. Cipolla, „The Decline of Italy: The Case of a Fully Matured Economy.“ abFZxxxx Economic History Review 5#2 1952, pp. 178–187. online .
Italiya iqtisodiy tarixini 1861-yildan keyin uchta asosiy bosqichga boʻlish mumkin: mamlakat birlashganidan keyingi qiyinchiliklar davri, yuqori migratsiya va sust oʻsish bilan xarakterlanadi; 1890-yillardan 1980-yillargacha boʻlgan markaziy bosqich, Buyuk depressiya va ikki jahon urushi tomonidan uzilib qolgan, kuchli rivojlanish davri; va nihoyat 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan keyin va soʻnggi yillarda asta-sekin tiklanayotgan sekin oʻsish davri.
Sanoatlashuv davri
Italiya birlashishidan avval, koʻpgina italyan davlatchalarining iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan edi; ammo, qishloq xoʻjaligi ortiqchaligi Shimoli-gʻarbiy Italiyada 1820-yillardan boshlab tarixchilar „sanoat oldi“ deb ataydigan transformatsiyani keltirib chiqardi. Ammo bu koʻpincha hunarmandchilik faoliyatining konsentratsiyasiga olib keldi, ayniqsa, Piedmont-Sardiniyada Count Cavourning liberal boshqaruvi ostida.
1861-yilda yagona Italiya Qirolligi paydo boʻlganidan keyin, yangi davlatning rivojlanmaganligini chuqur anglash mavjud edi, chunki jon boshiga yalpi ichki mahsulot (XQP) koʻrsatkichlarida Britaniyanikidan taxminan ikki baravar, Fransiya va Germaniyanikidan esa taxminan 25% past boʻlgan. 1860- va 1870-yillarda ishlab chiqarish faoliyati qoloq va kichik oʻlchamda edi, qishloq xoʻjaligi sektori esa milliy iqtisodiyotning tayanchi hisoblangan. Mamlakatda katta koʻmir va temir zaxiralari yoʻq edi va aholining aksariyat qismi savodsiz hisoblangan. 1880-yillardagi jiddiy qishloq xoʻjaligi inqirozi Po vodiysida zamonaviy dehqonchilik texnikalarining joriy etilishiga olib keldi, 1878 -yildan 1887-yilgacha esa ogʻir sanoat bazasini yaratish maqsadida mamlakatda protektsionistik siyosatlar joriy qilindi. Tez orada baʼzi yirik poʻlat va temir zavodlari, xususan, Alp togʻlari etaklari va Markaziy Italiyadagi Umbriyada, yuqori gidroenergetik salohiyatli hududlar atrofida toʻplana boshladi. Turin va Milan toʻqimachilik, kimyo, muhandislik va bank sohasidagi rivojlanishni boshlab berdi. Genuya esa fuqarolik va harbiy kemasozlikda oʻz oʻrnini topdi.
Biroq, mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismini tavsiflovchi sanoatning tarqalishi Venetsiya va janubni qisman chetlab oʻtdi. Natijada Italiyadan koʻchib ketish 1880- va 1914-yillar oraligʻida 26 millionni tashkil etdi; koʻplab olimlar buni zamonaviy davrning eng katta ommaviy migratsiyasi deb hisoblaydi. Buyuk urush davrida hali zaif Italiya davlati zamonaviy urushda muvaffaqiyatli qatnashdi, 5 millionga yaqin askarni qurollantirib, oʻqitishga muvaffaq boʻldi. Ammo bu natija katta xarajatlar evaziga erishildi: urush oxiriga kelib Italiya 700,000 askarni yoʻqotdi va suveren qarzi milliardlab lirani tashkil etdi.
Fashistik rejim
Italiya Birinchi jahon urushidan kambagʻal va zaif holatda chiqdi. Benito Mussolini boshchiligidagi Milliy fashistik partiya 1922-yilda ijtimoiy beqarorlik davrida hokimiyatga keldi. Ammo, Mussolini hokimiyatni mustahkamlab olgach, laissez-faire va erkin savdo asta-sekin davlat aralashuvi va protektsionizm foydasiga tark etildi.
1929-yilda Italiya Buyuk depressiyadan qattiq qattiq jabr koʻrdi. Inqirozni yengish uchun fashistik hukumat yirik banklarning qimmatli qogʻozlarini milliylashtirdi va Istituto per la Ricostruzione Industriale tashkil etdi. Bir qator aralash subyektlar tuzildi, ularning maqsadi hukumat va yirik korxonalarning vakillarini birlashtirish edi. Bu vakillar iqtisodiy siyosatni muhokama qilar, narxlar va ish haqlarini hukumatning ham, biznesning ham istaklarini qondirish uchun manipulyatsiya qilardi.
Hukumat va biznes oʻrtasidagi hamkorlikka asoslangan bu iqtisodiy model tez orada korporativizm nomi bilan mashhur boʻlgan siyosiy soha doirasida kengaytirildi. Shu bilan birga, Mussolinining agressiv tashqi siyosati harbiy xarajatlarning ortishiga olib keldi. Efiopiyani bosib olgandan soʻng, Italiya Ispaniya fuqarolar urushida Franko millatchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakatga kirdi. 1939-yilga kelib, Italiya davlat korxonalarining umumiy foiz koʻrsatkichi boʻyicha Sovet Ittifoqidan keyingi ikkinchi oʻrinda turardi.
Italiyaning Ikkinchi Jahon urushida Axis kuchlari aʼzosi sifatida ishtirok etishi urush iqtisodiyotini yaratishni talab qilardi. 1943-yilda Ittifoqchilarning Italiyaga bostirib kirishi oxir-oqibat Italiya siyosiy tuzilmasi va iqtisodiyotining tezda qulashiga olib keldi. Ittifoqchilar bir tomondan, nemislar esa boshqa tomondan Italiya nazorati ostidagi hududlarni boshqarishni oʻz zimmasiga oldi. Urush oxiriga kelib, Italiya aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad XX asr boshidan beri eng quyi nuqtaga tushib qoldi.
Urushdan keyingi iqtisodiy moʻjiza
Ikkinchi jahon urushidan keyin Italiya xarobaga aylangan va chet el qoʻshinlari tomonidan egallangan mamlakatga aylandi. Bu holat Yevropaning rivojlangan iqtisodiyotlari bilan doimiy rivojlanish tafovutini yanada kuchaytirdi. Biroq, Sovuq urushning yangi geosiyosiy mantigʻi sobiq dushman Italiya – G‘arbiy Yevropa va O‘rta yer dengizi oʻrtasidagi muhim mamlakat, endi NATO ning ishgʻol kuchlari tahdidi ostidagi yangi, moʻrt demokratiyaga ega davlat edi. Temir parda yaqinligi va kuchli kommunistik partiyaning mavjudligi kabilar yuqoridagi omillar bilan birgalikda AQSh yetakchiligidagi Erkin dunyo uchun muhim ittifoqchi sifatida qabul qilinishiga imkon berdi va Italiya 1947-1951-yillar oraligʻida Marshall rejasi doirasida 1,2 milliard AQSh dollari miqdorida yordam oldi.