Mozilla Foundation (qisqartmasi MF yoki MoFo) - Mozilla loyihasini qoʻllab – quvvatlash va boshqarish uchun ochilgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilot ishlab chiqish siyosatini, loyihaga muhim boʻlgan infrastrukturani ekspluatasiya qilishni, mahsulot belgilarini va oʻzga intelektual mulkni boshqaradi. Mozilla Foundation Mozilla Corporation kompaniyasiga tegishli, u koʻpgina Mozilla yaratuvchilarini ish bilan taʼminlaydi, Mozilla Firefox brauzeri va Mozilla Thunderbird sonlari chiqishi ustidan nazorat olib boradi. Mozilla Foundation bosh ofisi – Mauntin-Vyu (Kaliforniya shtati, AQSH) da joylashgan. Mozilla Corporation 3-avgust 2005-yilda Mozilla Foundation Mozilla Corporation kompaniyasini tashkil etdi, Mozilla Firefox va Mozilla Thunderbirdni yaratish va tarqatish boʻyicha oʻz vazifalarini kompaniyaga topshirdi. Mozilla Corporation sonlarni rejalashtirish, marketing va programma distributivi uchun javobgar hisoblanadi. thumb|right|250px| Mozilla Foundation va Mozilla Corporationning Muantin-Vyudagi ofisi Moliyalashtirish Mozilla Foundationning asosiy moliyaviy manbasi erkin ehsonlar hisoblanadi. AOL 2 million dollar boshlangʻich mablagʻ kiritgan, Mitch Kapor esa 300 ming dollar ehson qilgan. Mozilla Foundation AQSh soliq kodeksiga binoan soliq toʻlovlaridan ozod etilgan. Mozilla Corporation esa soliq toʻlovchi hisoblanadi. Shaxslar Mozilla Foundation direktorlar kengashi etti kishidan iborat :
Mitchell Baker (Rais) Brian Behlendorf Brendan Eich Joichi Ito Bob Lisbonne Carl Malamud
Mozilla Foundation yana qoʻyidagi ishchilariga ham ega, ular proekt masalalari va strategik savollar bilan shugʻullanadi :
Frank Hecker Gervase Markham Zak Greant Boshqalar Mozilla Europe, Mozilla Japan va Mozilla China lar notijorat tashkilolar hisoblanadi, Mozilla loyihalari va mahsulotlarini rivojlantirish va tarqatish uchun yaratilgan. Yana qarang Firefox — Mozillaning veb brauzeri Thunderbird — Mozilla's e-mail client Sunbird — Mozilla's standalone calendar client Havolalar About the Mozilla Foundation 2005 presentation about the Mozilla Foundation Press release about the creation of the Mozilla Foundation Details about the reorganization caused by the formation of the Mozilla Corporation mozilla.org Staff Members and Meeting Minutes