Sharon Isabel Aguilar (1986) – amerikalik qo'shiqchi, qoʻshiqnavis. U 2012-yilda 2NE1 bilan gastrol qilgan, boshqa bir qancha guruhlarga asos solgan va ular bilan birga chiqish qilgan.

U Scarlet Fever bilan bosh gitara va skripka chaldi. U va Scarlet Feverning turli aʼzolari 4D, No Salt va Miss President kabi boshqa mashhur ayollar bilan birga chiqish qilishgan.

Biografiya Sharon Panamada tugʻilgan va Floridaning Miami shahrida oʻsgan.

Musiqachining onasi, Delia Aguilar-Borrego, Panamadan edi. Sharonning otasi Richard Borrego amerikalik boʻlib, shu yerda harbiy xizmatni oʻtagan.

Oʻsmirlik davrida musiqachi magner maktab musiqa loyihasi aʼzosi boʻlgan.

Sharon, shuningdek, Panamadagi maktabda oʻqigan; issiq suv, sovutgich va konditsioner kabi qulayliklarga ega boʻlmagan qarindoshlari bilan yashagan .

2010-yilda u Kaliforniyaning Gollivud shahrida joylashgan „Musiqachilar instituti“da oʻqiydi va ishladi.

Yoshligi Aguilar skripka chalishni 12 yoshida boshlagan, hamda birinchi skripka namoyishini |Dade County Honors Orchestra, va Greater Miami Youth Symphony bilan birgalikda koʻrsatgan.

Sharon oʻrta maktabda oʻzini gitara va mandolin chalishga oʻrgatgan.

U Mayamida singlisi Kristen Borrego(bas gitarachi), Erika Koromina va boshqalar bilan „open mic“ maydonlarida chiqish qilgan.

Musiqaga kirib kelishi Musiqachi gitara chalishni, otasi uyda tinglagan klassik rok yoʻnalishida boshladi. Oilaviy videoda uning oʻyin maydonchasida Led Zeppelinning „In My Time of Dying“ qoʻshigʻiga musiqa chalayotgani tasvirlanagn. Sharon otasi bilan The Guess Whoni oʻsmirlik davridagi birinchi konsertini koʻrishga bordi. Musiqachining otasi „The song reamins the same“ filmini Aguilarga koʻrsatdi. Shundan soʻng, Sharon Jimmi Peyjni tomosha qilishdan ilhomlanib, professional gitarachi boʻldi.

Keyinchalik rol modellari orasida Pink Floydning Devid Gilmuri bor. Sharon u Devidning musiqalarini „Uning musiqalari oʻta ajoyib. Men ularni ich-ichimdan his qilaman va ular meni chindan ham harakatga keltiradi“ deb taʼriflagan.

Muvaffaqqiyatlari 2007-yilda yilda Los Angelesga koʻchib kelgandan keyin,Aguilar bir nechta guruhlar bilan faoliyat olib bordi. Shular jumlasidan: Bad Apple, The Bitchfits , The Ramonas, hamda Pretty Little Problem.

Uning 2010-yil 31-martta, Fender elektr skripkasida qilgan milliy televideniyedagi debyuti American Idol uchun „Hello Good Morning“ da Diddy’s Dirty Money qoʻllab-quvvatladi.

Musiqachi, shuningdek, 2011-yil 29-yanvarda Jorj Lopezning Feniks shahridagi komediya gastrolida ochgan „You shook me all the night“ filmida Suede bilan gitara chaldi. Lopez ushbu kontsertdan tushgan mablagʻni Meksika Amerika Huquqiy Mudofaa va Taʼlim Jamgʻarmasi(MALDEF)ga xayriya qildi.

Scarlet Fever 2010-yil iyun oyidan boshlab u Cee Lo Green va Scarlet Fever nomli ayollardan iborat musiqa guruhi bilan „What Part of Forever“ (The Twilight Saga: Eclipse saundtrekidan) va The Lady Killer albomi uchun reklama sayohatlarida qatnashdi. Guruh Jey Leno bilan The Tonight Show, BBC Radio, David Latterman bilan Late Show, Saturday Night Live, va boshqa bir qancha koʻrsatuvlarda chiqish qilishdi. Guruhning asosiy aʼzolariga Brittany Brooks (barabanlar), DANiiVORY née Theresa Flaminio (sintezator, fon vokallari), va Regina Zernay Roberts (bass gitara)lar kiradi.

Jamoa aʼzolari turli kombinatsiyalarda (baʼzan boshqa guruh nomlari ostida) birgalikda oʻynashni davom ettirdilar. Aguilar, Brooks va DANiiVORY 2012-yil aprel oyida Viski a Go Go-da Semmi Allen bilan chiqish qilishdi, u yerda Si Lo ularga sahnada qoʻshildi.

2NE1 Aguilar, DANiiVORY va Divinity Roxx 2NE1ni 2012-yil davomida 5 mamlakatning 9 ta shahrida boʻlib oʻtgan „New Evolution World Tour“da qoʻllab-quvvatladi. Ularning Yangi Jersey dagi Prudential Markazida qilgan chiqishlari, The New York Timesda yilning eng yaxshi konsertlaridan biri deya ataldi.

Los-Anjelesdagi Nokia teatrida boʻlib oʻtgan konsert Billboard's Current Box Score reytingida 29-oʻrinni egalladi, jamoa birinchi bu reytingga erishgan K-Pop qizlar guruhi edi.

Miss President Aguilar, Brooks va DANiiVORY Goldielox née Brittani Burton bilan 4D formatidagi kabi chiqish qilishdi, va 2013-yil 10-fevralda Whiskey a Go Goda Miss Prezident sifatida debyut qilishdi .

Ularning musiqasi standart pop-rifflar, neo-klassikgacha va ularning orasidagi hamma narsani oʻz ichiga oladi. Guruh nomi ayollar uchun „quvvat beruvchi“ sifatida tanlangan, „… biz ham yigitlar kabi ajoyib musiqa yaratishimiz mumkin. Biz ular qilgan hamma narsani qila olamiz va undan ham yaxshiroq.“

Manbalar