Halima Hasan qizi Qurbonova (2002-yil 4-yanvar, Xorazm viloyati Bogʻot tumani) — oʻzbekistonlik dzyudochi. 2017-yildan xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etib keladi. U turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, „Katta dubulgʻa“ tasnifiga kiruvchi turnirlarda 2 ta bronza medali sohibasiga aylangan. 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida uchinchi oʻrinni egallagan. -48 kg vazn toifasida 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik ayol dzyudochilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari