Navbahor Nishon qizi Hamidova (2001-yil 7-fevral, Samarqand, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol boskchi, 2024-yilgi Parij olimpiadasi ishtirokchisi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori.

Faoliyati 2019-yilgi Mongoliyaning poytaxti Ulan-Batorda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

2021-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Stranja—2021 turniri ishtirokchisi.

2021-yilgi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrdia oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

2022-yil Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan.

2023-yil yanvar oyida Tailandda oʻtkazilgan 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 66 kg vaznda oltin medal sohibi boʻlgan.

2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.

2024-yil Tailandning Bangkok shahrida 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan litsenzion turnirda gʻolib boʻlib, Olimpiada ishtirokchisiga aylangan.

Manbalar

Havolalar Navbahor Hamidova OʻzMOQ saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari