Shukurjon Fayzullo qizi Aminova (2002-yil 16-noyabrda Xorazm viloyatida tugʻilgan) – o‘zbekistonlik dzyudochi, jahon chempionati sovrindori (2021).
Biografiyasi Shukurjon Aminova 2002-yil 16-noyabrda Oʻzbekistonning Xorazm viloyati tarkibiga kiruvchi Qo‘shko‘pir tumanida tugʻilgan. 2017-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qila boshlagan. Murabbiyi Sardor Niyozmetov. Aminova Gran-pri musobaqalarida 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 2 marotaba oltin hamda 1 marotaba bronza medali sohibasi boʻlgan. Shukurjon Aminova 2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2021-yilgi dzyudo boʻyicha jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida bronza medali bilan taqdirlangan.
Shukurjon Aminova Xalqaro dzyudo federatsiyasining yoʻllanmalarni qayta taqsimlash dasturiga koʻra 57 kg vazn toifasida Parijda boʻib oʻtadigan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Olimpiada doirasidagi dastlabki bahsda Kot-dʼIvuarlik raqibasi Zouleiha Dabonne ustidan gʻalaba qozongan. Nimchorak final bahsida esa Gruziyalik dzyudochi Eteri Lipartelianiga magʻlub boʻlib, olimpiadadagi yurishini toʻxtatgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik ayol dzyudochilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari