Italyan hot-dogi – Nyu-Jersi (AQSh) da Jimmy Buff va uning rafiqasi Mary Racioppi tomonidan tayyorlanib, mashhurlikka erishgan hot-dog turi. Uning oilasi bugungi kungacha Jimmy Buff’s restorani faoliyatini davom ettirmoqda. Toms Riverdagi Jo Joeʼs Italian hot-dog singari boshqa restoranlarda ham bu hot-doglarni topish mumkin, ammo Jimmy Buff’s restorani Nyu-Jersida birinchi marta italyan hot-doglarini tayyorlab sotgan, italyan hot-doglari bilan mashhur boʻlgan restoran sifatida tanilgan.

Tayyorlanishi Italyan hot-dogini tayyorlashning koʻplab usullari mavjud. Bunday hot-dog italyan rolli yoki pitsa noniga sosiska solinib, ustiga qovurilgan (odatda yaxshilab qovurilgan) bulgʻor qalampiri, piyoz va kartoshka qoʻshib pishiriladi. Italyancha hot-dog tayyorlash Nyu-Jersi anʼanasiga aylangan boʻlib, Filadelfiya pishloqli biftshteksi yoki boshqa mintaqaviy sendvichlarga oʻxshab ketadi.

Tayyorlanadigan joylari Italyan hot-doglarini tayyorlaydigan restoranlar asosan Nyu-Jersida joylashgan. Jimmy Buffning restorani Kenilwortda faoliyat boshlagan. Restoranning yana bir filiali West Orangeda ochilgan. Toms daryosidagi Jo Joning italyancha taomlar yemakxonasi italyan hot-doglarini tayyorlash bilan ham shugʻullanadi. Kenilworthdagi Charliening mashhur italyan hot-doglar yemakxonasi ham, aynan italyan hot-dogini tayyorlab-sotish bilan shugʻullanadi. Newarkda joylashgan Dickie Dee, Nyu-Jersi shahrida joylashgan Tommy’s Italian Sosis va Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joylashgan Saint Anselm yemakxonasida ham italyan hot-doglari tayyorlanadi.

Tarixi James „Buff“ (laqabi) Racioppi, Nyu Jersining Newark hududidagi Jimmy Buff yemakxonasining asoschisidir. U 1932-yilda italyan hot-dogini ixtiro qilgan. Hot-dog aslida Jimmy Buff tomonidan ixtiro qilingan boʻlsa-da, u Mary Racioppi tomonidan ilk marta taom sifatida tayyorlangan. Mary turmush oʻrtogʻi Jimmy va uning doʻstlari karta oʻynab oʻtirganlarida italyan hot-doglarini tayyorlab taqdim qilgan. Hot-dog Jimmyning yaqin doʻstlari va qarindoshlari orasida shu qadar mashhur boʻlganki, Jimmy va uning oilasi Jimmy Buff nomi bilan ataladigan restoran faoliyatini yoʻlga qoʻyishgan. Menyudagi birinchi taom italyan hot-dogi boʻlgan. Qisqa vaqt ichida taom restoranning asosiy yeguligiga aylangan va mijozlarning sevimli taomi boʻlib qolgan. Oradan 80 yildan ortiq vaqt oʻtganidan keyin ham, italyan hot-dogi va zamonaviy italyan kolbasalari hali hanuz Jimmy Buff’s yemakxonasida mashhurligicha qolgan, hatto bu taomlarni olish uchun uzun navbatlar paydo boʻlgan. Newarkdagi asosiy restoran yopilgan, ammo Jimmy oilasi va italyan hot-dogini tayyorlash boshqa oshpazlar tomonidan yaxshi oʻzlashtirilgan, ular hali ham italyan hot-dogini tayyorlashmoqda.

Turlari Italiyan hot-dogining yana bir varianti Nyu-Jersilik Hank Shaw tomonidan tayyorlangan, u 13 yoshida italyan hot-dogini tatib koʻrgan va yangicha turini ixtiro qilgan. U oʻzining italyan hot-doglarini toza zaytun moyi, tuz, qaynatib keyin tozalangan va ½ dyuymli boʻlaklarga boʻlingan kartoshka, yashil qalampir, katta piyoz, italyan ziravorlari, xantal, mol goʻshti, sendvich bulochkalaridan foydalangan holda tayyorlagan.

Dickie Deening italyan hot-dogi oddiy hot-dogga qaraganda sogʻliq uchun foydaliroqdir. Dickie Deening italyan hot-dogi Jimmy Buff tayyorlagan hot-dogga deyarli oʻxshab ketadi, faqat Dickie Dee yeryongʻoq yogʻidan foydalanadi. Jimmy Buff italyan hot-dogini tayyorlashda uning ichiga solinadigan masalliqlarini yaxshilab qovurish uchun xolesterinsiz soya yogʻini ishlatgan.

Ommaviy axborot vositalarida Jimmy Buff 2022-yil boshida Nyu-Jersi shtatida yashovchi Casey Webb tomonidan olib borilgan Cooking Channel telekanalida efirga uzatiluvchi Man vs Food (Odamga qarshi oziq-ovqat) koʻrsatuvining 9-mavsumida chiqish qilgan.

Yana qarang

Hot-doglarning xilma-xilligi Hot-doglar roʻyxati Manbalar

Turkum:Hot doglar Turkum:Italyan-amerika oshxonasi