William Henry Vanderbilt (1821-yil 8-may – 1885-yil 8-dekabr) – amerikalik tadbirkor va Vanderbiltlar oilasining taniqli aʼzolaridan biri edi. William Henry Vanderbilt „Billi“ nomi bilan tanilgan. U Cornelius Vanderbiltning katta farzandi va uning boyligi merosxoʻri edi. Vanderbilt 1877-yilda otasining vafotidan soʻng barcha boylikni egallaydi. 1885-yil vafotigacha boylikning katta qismini xotini va bolalariga, xususan, oʻgʻillari Cornelius II va Williamlarga topshiradi. U otasidan deyarli 100 million dollar meros olgandi. Toʻqqiz yildan kamroq vaqt oʻtgach, Henry vafot etganida, uning boyligi ikki baravar koʻpaygandi.

Yoshlik yillari William Henry Vanderbilt 1821-yil 8-mayda New Brunswick shahrida magnat Cornelius Vanderbilt va Sophia Johnson oilasida tugʻilgan.

Otasi uni tez-tez koyib turgan. Cornelius Vanderbilt oʻgʻlini dangasa va ishga layoqatsiz deb koʻp marta tanqid qilgan. Henry otasiga oʻzining dangasa emasligini koʻrsatmoqchi boʻldi-yu, lekin buning uddasidan chiqolmadi. Ularning munosabatlaridagi katta burilish nuqtasi 1860-yil Vanderbilt paroxodida sodir boʻldi. Vanderbiltlar oilasi oʻshanda Yevropaga oilaviy sayohat qilish uchun ketishayotgandi. Ushbu sayohatdan soʻng Henry otasi bilan yaqin boʻla boshladiStiles, T. J. (2010). "The First Tycoon: The Epic Life of Cornelius Vanderbilt. New York: Vintage Books. ..

U 1841-yilda Kolumbiya kollejiga oʻqishga kirdi. Ammo ayrim maʼlumotlarga ishonadigan boʻlsak, u kollejni bitirmagan.

Karyerasi

Otasi uning biznes boʻyicha mashgʻulotlarini diqqat bilan nazorat qilardi. Henry 19 yoshida Nyu-York bank uyida xizmatchi sifatida ilk ishini boshladi. U 1862-yilda Staten temir yoʻli prezidenti etib saylandi. Uch yildan soʻng Gudzon daryosi temir yoʻlining vitse-prezidenti ham boʻldi. 1877-yilda esa ushbu temir yoʻlning egasiga aylandi.

Ulysses S. Grant

1884-yilda Grant & Ward firmasi kasodga uchrashi, Ulysses S. Grant va Vanderbiltlarning ushbu firma uchun kiritgan 150 000 dollar miqdoridagi sarmoya pullarining yoʻqotilishiga sababchi boʻldi. Napoleon sifatida tanilgan Ferdinand Ward Grantga ham, Vanderbiltga ham kompaniyani piramida usuli orqali boshqarish taklifini bergan. Bu esa koʻpchilik uchun moliyaviy halokatga olib kelgan. Uning ikkinchi sherigi oʻz oʻgʻli Buck Grant, Wardning moliyaviy piramidasidan bexabar edi. Keyinchalik Ward jinoiy javobgarlikka tortildi. Vanderbiltni qaytarish uchun Grant fuqarolar urushi yodgorliklarini va oʻz qilichini garovga qoʻydi. Garchi bu 150 000 dollarlik qarzni toʻliq qoplamagan boʻlsa-da, Vanderbilt yodgorliklarini toʻlov sifatida qabul qildi va Grantga tegishli boʻlgan ushbu qarzni oʻchirib tashladi. Keyinchalik Vanderbilt Grantning garovga qoʻygan urush yodgorliklarini qaytarib oldi va ularni 1885-yilda Ulysses S. Grantning vafotidan keyin uning rafiqasi Julia Grantga qaytardi.

Shaxsiy hayoti

1841-yilda Henry Samuel Kissam va Margaret Hamilton Adamsning qizi Mariya Luiza Kissamga (1821-1896) uylandi. Ularning toʻqqizta farzandi bor edi:

Cornelius Vanderbilt II (1843–1899), u Alice Claypoole Vanderbiltga uylangan; ular Reginald Claypoole Vanderbiltning ota-onasi, shuningdek, Gertrude Vanderbilt Whitney va Gloria Vanderbiltning ota tomondan bobosi va buvisi edi. Margaret Louisa Vanderbilt Shepard (1845-1924) 1868-yilda Elliott Fitch Shepardga turmushga chiqqan; ular Alice Vanderbilt Morris va Elliott Shepardning ota-onasi edi. Allen Uilyam Vanderbilt (1846-1847) 11 oyligida vafot etgan. William Kissam Vanderbilt (1849-1920) Alva Belmontga turmushga chiqqan. Emily Thorn Vanderbilt 1852-1946) avvaliga William Douglas Sloanega (1844-1915) va keyinchalik elchi Henry Whitega turmushga chiqqan. Florence Vanderbilt Twombly (1854–1952) Hamilton McKown Twombly bilan turmush qurgan. Frederick William Vanderbilt (1856-1938) Louise Vanderbiltga uylangan. Eliza Osgood Vanderbilt Webb (1860–1936) William Seward Webbga turmushga chiqqanVanderbilt rehab a study in family memories , Chicago Tribune, May 01, 2005. George Washington Vanderbilt II (1862–1914) Edith Stuyvesant Gerry bilan turmush qurgan.

1883-yilda u kompaniyaning barcha lavozimlaridan isteʼfoga chiqdi va oʻgʻillarini prezidentlar etib tayinladi, ammo biznesning kundalik boshqaruvini avval oʻzi bilan birga ishlagan tajribali odamlarga qoldirdi.

Vanderbilt 1885-yil 8-dekabrda Nyu-Yorkning Manhattan shahrida Baltimor va Ogayo temir yoʻli prezidenti Robert Garrett bilan uchrashuv paytida insultdan vafot etdi. U Nyu-Yorkning Staten Island orolidagi Nyu-Dorp shahrida oʻzi qurdirgan Vanderbilt oilaviy maqbarasida dafn qilindi. Uning mulki sakkizta omon qolgan farzandi va rafiqasi oʻrtasida taqsimlandi. Mulkining asosiy qismi esa uning ikki katta oʻgʻli Cornelius va William oʻtdi. Uning kenja oʻgʻli George oʻzining Staten Island saroyi va fermasini meros qilib oldi, keyinchlik uni Miller Field aviabazasiga aylantirdi .

Manbalar