Muhammad Abu Numay II ibn Barakot ibn Muhammad (; – ) – 1512–1566-yillarda Makka sharifi. Dastlab otasi (1512–1525), keyinroq oʻgʻillari (1540–1566) bilan birga Makkaga hukmronlik qilgan.
Muhammad Abu Numay hijriy 911-yil Zulhijja oyining 9-kuniga oʻtar kechasi Makkada tugʻilgan (). Sharif Barakot II ning oʻgʻli. Onasi Madina amiri Humaydon ibn Shomon al-Husayniyning qizi Sharifa Gʻabya boʻlgan.
Abu Numay olti yoshida Misr sultoni Qansuh al-Gʻavriy tomonidan otasi bilan birga hamkor hukmdor etib tayinlangan. 1517-yilda Usmonlilar davlati Misrni bosib olgandan soʻng, Barakot suverenitetdagi oʻzgarishlarni tezda tan oldi. U Abu Numayning qoʻliga sovgʻa-salomlarni tutqazib, Qohiraga sulton Salim I ning huzuriga yubordi. Salim II esa Barakot va Abu Numayni Hijoz hukmdorlari lavozimlariga tasdiqladi. Otasining vafotidan keyin 1525-yilda Abu Numay Hijozning yakka hokimligini oʻz zimmasiga oldi. Keyinchalik hijriy 947-yilda (milodiy 1540) sulton Sulaymon I dan toʻngʻich oʻgʻli Ahmadni, soʻngra Ahmadning vafotidan keyin hijriy 961-yilda (milodiy 1554) keyingi oʻgʻli Hasanning oʻziga hamkor hukmdor etib tayinlanishini soʻradi.
Hijriy 974-yilda (milodiy 1566-1567) Abu Numay sharif Hasanning hokimiyat tepasiga kelishi uchun taxtdan oʻz xohishiga koʻra voz kechdi. Nafaqaga chiqqanidan soʻng oʻz vaqtini ibodat va diniy ilmlarga bagʻishladi. Oʻgʻliga hokimiyat boshqaruvida maslahatlar berib turdi. Hijriy 992-yilning Muharram oyi 9-sanasida () Makka janubidagi Vodi al-Abarda vafot etdi. Al-Masjid al-Haromda uning janoza namozi oʻqilib, Jannat ul-Muallaga dafn etilgan, qabri ustiga qubba qurilgan.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Makka shariflari Turkum:1584-yilda vafot etganlar Turkum:1506-yilda tugʻilganlar