„Paint the Town Red“ – amerikalik repper va qoʻshiqchi Doja Catning toʻrtinchi studiya albomi „Scarlet“ (2023) dan joy olgan qoʻshiq. Trek albomning dastlabki singli sifatida 2023-yilning 4-avgustida Kemosabe va RCA Records studiyalari bilan hamkorlikda chiqarilgan. Musiqa matni Doja Catning oʻzi tomonidan yozilgan. Qoʻshiqqa Earl on the Beat, Rubin, Jean-Baptiste va DJ Replay prdyuserlik qilgan.
„Paint the Town Red“ juda koʻplab tijoriy yutuqlarga erishdi. Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya kabi 19 ta davlat chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. UK Singles Chartda birinchi natijani qayd etgan ayol qoʻshiqchi tomonidan kuylangan dastlabki solo qoʻshiq boʻldi. AQShning Billboard Hot 100 chartida bunday natija qayd etgan Doja Catning ikkinchi, solo holatda aytilgan birinchi treki boʻldi. Bundan tashqari Daniya, Finlandiya, Germaniya, Shvetsiya, Belgiya, Fransiya kabi 15 davlat chartlarida esa qoʻshiq kuchli 10talikdan joy oldi.
Qoʻshiq oltmish oltinchi Grammy mukofotining taqdrilash marosimida eng yaxshi solo holatdagi pop qoʻshiq nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
Tijoriy natijalari "Spotify" platformasidagi bir qator rekordlarini yangiladi. AQShdagi Top 50 kunlik chartida birinchi oʻrinni egallagan birinchi ayol repper boʻldi. Global Spotify 200 kunlik chartida esa 100 millionlik natijaga eng tez erishgan ayol qoʻshiqchiga aylandi.
Qoʻshiq Billboard Global 200 chartida ham birinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek Billboard Global Excl. U. S. chartida ham eng yuqori oʻringa koʻtarilgan dastlabki rep tarona boʻldi.
Yevropa "Paint the Town Red" 2023-yil 17-avgustda UK Singles Chartida 20-oʻrinni egalladi. Keyingi haftada u 15-oʻringa koʻtarilgan boʻlsa, oy yakuniga borib kuchli oʻntalikdan joy oldi. U toʻrtinchi oʻringacha koʻtarilib, Doja Catning Buyuk Britaniya chartlarida kuchli oʻntalikdan joy olgan toʻrtinchi qoʻshigʻi boʻldi.
Shimoliy Amerika AQShda Paint the Town Red Billboard Hot 100 chartining 2023-yil 19-avgustdagi sonida 15-oʻrinni egalladi. Ikki hafta oʻtgach, u 21,1 million strimlar, 5000 ta raqamli sotuvlar, 22,6 million online eshitishlardan soʻng beshinchi oʻringa koʻtarildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 49, 81 va 37 foizga koʻproq edi. Qoʻshiq TikTok platformasida 618 000 dan ortiq videolar uchun audio sifatida ishlatildi. 2023-yilning 10-sentyabrida esa Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egalladi. Bu Doja Catning chartning eng yuqori oʻrnini egallagan ikkinchi, solo holda aytgan birinchi treki boʻldi. Nicki Minajning „Super Freaky Girl“ (2022) qoʻshigʻidan keyin bu natijani qayd etgan ilk rap tarona edi. Qoʻshiq, shuningdek, uch hafta davomida Billboard Hot R&B/Hip-Hop va Hot Rap Songs chartlarining ham birinchi oʻrinida turdi. Klipi Nina McNeely rejissyorlik qilgan qoʻshiqning musiqiy videosi 2023-yil 4-avgustda taqdim etilgan. Klip davomida Doja Catning koʻz qorachiqlarini chiqarib tashlagani va keyinchalik jahannamga tushishi tasvirlangan. Doja oʻlim va Shayton bilan sherik boʻlganini ham koʻrish mumkin. Keyingi kadrlarda repper qonli goʻsht boʻlaklarini tashlashi, osmondagi yashil mavjudot ustdagi harakatlari tasvirlangan.
Chiqarilish tarixi + Mintaqa Sana Format Leybl Turli 2023-yil 4-avgust AQSh 2023-yil 8-avgust Contemporary hit radio Rhythmic radio Urban radio Italiya 2023-yil 25-avgust Radio strim Sony
Manbalar
Turkum:2023-yil qoʻshiqlari Turkum:2023-yil singllari Turkum:Doja Cat qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar