Abdulmutalib ibn Gʻolib ibn Musaid () (1790–1886-yil 29-yanvar) uch marotaba 1827, 1851–1856 va 1880–1881-yillarda Makka amiri va sharifi boʻlgan.
1851-yilda Makka sharifi lavozimiga Muhammad ibn Avnning oʻrniga Abdulmuttalib ibn Gʻolib tayinlangan. Uning hukmronligi boshqa Makka shariflaridan quldorlik tarafdori va Usmonlilarga qarshi gʻalayonlar bilan ajralib turgan. Abdulmuttalib quldorlik tarafdori boʻlgan, gʻalayonlarga boshchilik qilgan va Voliy Komil Poshoning qullikka qarshi qonunni qoʻllashiga qarshi chiqib, Avn tarafdorlari bilan kurashgan. 1855-yil 15 yoki 17-noyabrda Jiddada Avnning qayta tayinlanishi eʼlon qilingan, biroq Abdulmuttalib ushbu tayinlovni rad etgan holda oʻz tarafdorlari soni koʻpaytirib, badaviy boshliqlaridan unga yordam berishini soʻragan. 1856-yil 17-aprelda Muhammad ibn Avn lavozimga qayta tiklangan, biroq jang may oyida Abdulmuttalibning qoʻlga olinib, Istanbulga yuborilguniga qadar davom etgan. 1880-yilda Abdulmuttalib hokimiyatga qaytganida, William Ochsenwaldning taklifi bilan Vali Usmon Nuri Posho bilan oʻrtasidagi raqobati davomida markaziy hukumatga tayanganligi sababli ingliz va Usmonlilarning qullikka qarshi kurashiga qarshi chiqmagan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1886-yilda vafot etganlar Turkum:1790-yilda tugʻilganlar Turkum:Makka shariflari