Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi—fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy qoidalarini oʻzida aks ettirgan Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjati tushuniladi. Tarixi va tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi- Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi „Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va 2017-yilning 13-aprelida matbuotda eʼlon qilingan „Sudlar toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini 2017-yil 1-sentyabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish nazarda tutildi. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi 2018-yil 1-apreldan kuchga kirgan. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi 4 boʻlim 29 bob va 288 moddadan iborat. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplari Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi Qonun va sud oldida tenglik Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi Sudning faol ishtiroki Maʼmuriy sud ishlari yuritiladigan til Sud muhokamasining oshkoraligi Sud muhokamasining bevositaligi Maʼmuriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish Sud hujjatlarining majburiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: 1-boʻlim. Umumiy qoidalar 2-boʻlim. Birinchi instantsiya sudida ish yuritish 3-boʻlim. Sud hujjatlarini qayta koʻrish 4-boʻlim. Sud hujjatlarini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgrisidagi kodeksi quyidagi boblarni oʻz ichiga oladi: 1-bob. Asosiy qoidalar 2-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplari 3-bob. Sudning tarkibi 4-bob. Sudyani va maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini rad qilish 5-bob. Maʼmuriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi 6-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari 7-bob. Dalillar va isbotlash 8-bob. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari 9-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish 10-bob. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish 11-bob. Ish yuritishni tugatish 12-bob. Sud xarajatlari 13-bob. Protsessual muddatlar 14-bob. Sud jarimalari 15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari 16-bob. Ish qoʻzgʻatish 17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash 18-bob. Sud muhokamasi 19-bob. Sudning hal qiluv qarori 20-bob. Sud ajrimi va qarori 21-bob. Sud bayonnomasi 25-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish 27-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish 28-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish 29-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish

Manbalar

Havolalar OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY SUD ISHLARINI YURITISH TOʻGʻRISIDAGI KODEKSI

Turkum:Kodekslar Turkum:Kodekslar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari