„I Wanna Be Yours“ — ingliz rock guruhi Arctic Monkeysning 2013-yilda yaratilgan AM albomidan joy olgan qo‘shiq. Qo‘shiq matnining muallifi britanyalik shoir John Cooper Clarke hisoblanadi va ushbu she'ri 1982-yilgi kitobi Zip Style Methoddan joy olgan.

Asl matni She'rda o‘ziga xos she'riy uslubdan foydalanilgan bo‘lib,bir odamning boshqa odamga bo‘lgan sevgisi uydagi turli jihozlardan metaforalar hosil qilish orqali hikoya qilinadi:Men sening changyutkiching bo‘lishni xohlayman Sening changing orqali nafas olaman Men sening Ford Cortinang bo‘lishni xohlayman Hech qachonn zanglamayman.She‘r GCSE ingliz to‘plamiga kiritilgan. Clarke o‘zining 2020-yilda chop etilgan tarjimai holi uchun she'r nomidan qayta foydalangan. 2023-yil The Guardian gazetasida shunday yoziladi: „Agar ilgar ushbu she'r Britaniyaning eng yaxshi to‘y uchun yozilgan she'ri bo‘lsa, endi u dunyodagi sevimli ingliz she'ri bo‘ldi,nuqta“.

Arctic Monkeys moslashuvi

She'rni ingliz rok guruhi Arctic Monkeys 2013-yil AM albomiga qo‘shish orqali tinglovchilarga yetkazdi. Alex Turner she'rga biroz o‘zgartirish kiritgan bo‘lsa,James Ford va Ross Orton qo‘shiqni barchaga yoqadigan tarzda kuylashgan. 2024-yil 3-aprelgan kelib qo‘shiq Spotify platformasida ikki milliarddan ortiq odam tomonidan tinglangan.

Haftalik hit parad „I Wanna Be Yours“ qo‘shig‘ining 2021-2024-yilgi haftalik hit porad reytingi Hit parad (2021–2024)Eng yuqori o‘rniGretsiya (IFPI)9Hindiston (IMI)2Irlandiya (IRMA)78Litva (AGATA)20Malaziya (Billboard)21Norvegiya (VG-lista)37Polsha (Polish Streaming Top 100)51Slovakiya (Singles Digitál Top 100)44Shvetsiya (Sverigetopplistan)66

Yakuniy hit paradlar +„I Wanna Be Yours“ qo‘shig‘ining 2022-yildagi yakuniy hit parad reytingi Hit parad (2022) O‘rni Litva (AGATA) 43 +„I Wanna Be Yours“ qo‘shig‘ining 2023-yil yakuni bo‘yicha hit parad jadvalidagi o‘rni Hit parad (2023) O‘rni Brazilya ( Pro-Música Brasil ) 199 Global 200 ( Billboard ) 56 Polsha (Polsha streaming Top 100) 47 Buyuk Britaniya (OCC) 86

Yana qarang

Evidently Chickentown

Manbalar

Turkum:2013-yil qoʻshiqlari Turkum:1982-yil she'rlari Turkum:Ingliz she'rlari Turkum:Jamie Cook tomonidan yozilgan qo‘shiqlar