Jumadulla Rametov (1955-yil 24-noyabr, Turkiston) — oʻzbek, sovet teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1999).
Hayoti Jumadulla Rametov Boboxonovich 1955-yil 24-noyabrda tavallud topgan. 1974-yilda oʻrta maktabni tugatib. Toshkent sanʼat institutiga oʻqishga kiradi va 1981-yilda u yerdagi tahsilini tugatadi. 1983-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.
Oilasi Jumadulla Rametovning onasini ismi Sarvara Rametova. U oʻzi aktyor boʻlishiga qaramasdan hech qachon aktrisaga uylanmasigi aytgan. Lekin talabalik payti O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova bilan uchrashadi va u bilan 1981-yilda turmush quradi. Ularning 2 oʻgʻli boʻlib, toʻngʻich oʻgʻli Ulugʻbek Rametov, ikkinchi oʻgli 1988-yilda tugʻilgan Aziz Rametov va u hozirda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatadi. 2020-yilda u alzheimer kasalligiga chalingan va 2022-yilga kelib kasallik kuchayib, xotirasini yoʻqotgan. Hozirda shifoxonada davolanmoqda.
Faoliyati Jumadulla Rametov teatr sahnasida turli xil rollarni ijro etgan. Masalan, „Kelinlar qoʻzgʻaloni“ spektaklida sozanda, „Arshin mol-olan“ spektaklida Asqar, „Hujjatli ahmoq“ spektaklida sudya, „Maysaraning ishi“ spektaklida doirachi sozanda, „Qaytar dunyo“ spektaklida Tohir, „Buxoroi-sharif“ spektaklida qori, „Togʻa va jiyanlar“ spektaklida Trest boshligʻi, „Sehrli hassa“ spektaklida qorbobo, „Yozilmagan maktab“ spektaklida general, “Hayot baribir go‘zal” spektaklida Ahmad qora, “Otasining qizi” spektaklida Izzat Atakulovich, “Ayajonlarim” spektaklida Ashuraliyev, “Farrosh kampirning tushi” spektaklida Bahrom kabi obrazlarni gavdalantirgan.
Bundan tashqari „Osmondagi bolalar“, „Tundan tonggacha“, „Jasur“, „Zamonaviy sovchilar“ va boshqa kinofilmlardagi rollari bilan keng ommaga mashhur boʻlgan. Uning kinofilmlardagi ilk roli 1984-yilgi „Дневник, письмо и первоклассница“ hisoblanadi.
+Suratga tushgan filmlariYilNomiObrazIzoh1984Kundalik, maktub va UmidaUmidning otasi1986Поезд со станции детства1994Soʻngi oʻq1997Yaratganga shukur2001Oyijon2002Oʻrtoq BoykenjayevPartiya xodimiCinedictummelankolik, „Temperamentlar“ novellasidaOsmondagi bolalarHamdamning otasi2004Osmondagi bolalar 2Hamdamning otasiMuhabbat sinovlari 2Epizod2005Zanjir2006Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandiHaqiqiy erkaklar oviChoyxonachiEpizodOsmon yaqinAlisher, ichki ishlar noziriVatan2007ChavandozKichkina odamlarSodiqning tanishiYoʻqolgan odamEpizodAfyun girdobiavtomobil ustasi2008SiviRuslanning otasiBosh rolOʻyinOy ostidagi hovliEpizod2009TahdidEpizodSoʻngi lahzaUylanish2010Taʼziyadagi toʻyTundan tongachaRavshan aka, Umidjonni otasiBosh rol2011Zamonaviy sovchilarShavkatUchrashuvSoʻngi qoʻngʻiroqJamilaning otasiHi-Fi bolakayIchki ishlar noziriUchar otlarPodshohJasurNasrulloning otasiHaqiqat kuniQoʻshniOmadli yigitlar2012QudajonlarProdyuserSardor 3: Muqaddas burchChunki bu sevgiKutilmagan qoʻngʻiroq!XiyonatQovunTundan tonggacha 22013Bekatdagi odamMugʻombir kuyovlarKuymatxonning eriHasan ibn HusanTutash taqdirlarSerialPayshanbadan payshanbagachaXazina operatsiyasiMening doʻstim jinLayloning otasiJanob hot-dogchiIjarachilar2014Uchar qizSalom NatashaSobir, Umidning otasiDilor, Dilor... Dil va orhaydovchi2015Qilmish qidirmish2016XazonrezgiSeni sevdimYaralangan qalb2017KulbaHech kim bilmasin-aSuper komandaArslon izidan2018Asal oyi
Mukofotlari
1999-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:24-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar