Aleks Matos (2004-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) – Angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubida yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida toʻp surmoqda.

Karyerasi Bedford okrugida tugʻilgan Matos oʻz karyerasini dastlab Kempston Colts jamoasida boshlaydi, keyinchalik Luton Town klubining 9 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasiga borib qoʻshiladi. 2016-yilda esa Norwich City jamoasi futbolchini oʻz safiga qoʻshib oladi. Matos maydonda ham hujumchi, ham yarim himoyachi sifatida oʻynay olardi. U 2022-2023-yilgi mavsumda Norwich U-18 jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylanadi. Shuningdek 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida ham debyut qiladi va Premier League 2 doirasidagi oʻyinlarda uchta gol muallifiga aylanadi.

2023-yil 1-iyulida Matos Premyer-liga jamoasi Chelsea bilan shartnoma imzolaydi.

2023-yil 2-oktyabr kuni, tugʻulgan kunidan bir kun avval futbolchi Fulhem klubiga qarshi uchrashuvda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazadi. Oʻyin yakuniga yaqin futbolchi Enzo Fernandez oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi.

2024-yil 4-yanvar kuni Matos EFL Chempionship klubi Huddersfield Town bilan mavsum yakuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Statistikasi

Klub

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea U-212023–24 -20Chelsea2023–24Premyer Liga1020Huddersfield Town (ijara)2023–24Chempionship191201Umumiy201241

Manbalar

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Norwich City F.C. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2004-yilda tugʻilganlar