Masʼud ( — baxtli, saodatli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Masʼud Gʻaznaviy — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1030 - 41). Maxmud Gʻaznaviyning oʻgʻli; Masʼud Pizishkiyon — Eronlik kardioxirurgi va islohotchi siyosatchi, Eron prezidenti; Masʼud Saʼd Salmon — G‘aznaviylar davrida yashagan fors shoiri; Masʼud Shirvoniy — fors-tojik tilida ijod qilgan shirvonlik shoir; Masʼud Yalavoch — Turkiston va Movarounnaxrni moʻgʻullar nomidan idora etgan amaldor (1239—89). Mahmud Yalavochnit oʻgʻli; Masʼud al-Buxoriy — muarrix; Masʼud al-Koshoniy — usuliyotchi faqih; Masʼud al-Kushoniy — imom, mudarris; Masʼud al-Kushoniy (Ruknuddin) — yozuvchi; Masʼud al-Masʼudiy — yozuvchi; Masʼud al-Masʼudiy (Ruknuddin) — faqih; Masʼud al-O‘shiy — faqih; Masʼud ash-Sharvoniy — yozuvchi Masʼud at-Taftazoniy — grammatika, morfologiya, ritorika, fiqh sohalari olimi; Masʼud ibn Idris — 1630–1629-yillarda Makka amiri va Hijoz hukmdori; Masʼud ibn Usmon Koʻhistoniy — tarixchi olim.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Arabcha erkaklar ismlari