Dame Ruth Nita Barrow (1916-yil 15-noyabr — 1995-yil 19-dekabr) — Barbadosning birinchi ayol General-gubernatoriCOLLECTIONS & LIBRARIES: Their Excellencies, Cave Hill Campus Library, University of the West Indies.. Barbadoslik hamshira va sogʻliqni saqlash xodimi. 1990-yil 6-iyundan 1995-yil 19-dekabrda vafot etgunga qadar Barbadosning beshinchi General-gubernatori lavozimida ishlagan. Barbadosning birinchi bosh vaziri Errol Barrowning opasi.

Hayoti Ruth Nita Barrow Barbadosda hurmatga sazovor anglikan ruhoniysi Reverend Reginald Grant Borrow va Ruth Alberta Borrow xonim xonadonida dunyoga kelgan. Oilada besh farzandning (ular orasida Sybil Barrow, Ena Comma va Errol Barrow bor edi) ikkinchisiWoodie Blackman, „Obituary: Dame Nita Barrow“, The Independent, 22 December 1995.. Hamshiralik va akusherlik boʻyicha taʼlim olgan. 1940—1950-yillarda Barbados va Yamaykada hamshira sifatida hamda sogʻliqni saqlash va davlat boshqaruvida turli vazifalarda faoliyat olib borgan„Dame Nita Barrow“ , Ciwil..

Taʼlimi Dastlab hamshiralik faoliyatini amakisi va otasining koʻmagida boshlagan. Boshlangʻich taʼlimni Barbados umumiy kasalxonasida tugatgan. Keyin Trinidaddagi Port of Spain umumiy kasalxonasida akusherlik bilan shugʻullanishni boshlagan.

Barrow Columbia universiteti (Nyu-York), Toronto universiteti (Kanada) va Edinburg universiteti (Shotlandiya)da hamshiralik boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik, 1951—1952-yillarda Edinburg universitetining hamshiralik kollejida va 1962—1963-yillarda Columbia universitetida oʻqishni davom ettirgan.

Davlat xizmatchisi sifatida 1945—1950-yillarda Yamaykada joylashgan West India jamoat salomatligi maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1954-yilda Universitet Kolleji kasalxonasining bosh hamshirasi sifatida Jamoat salomatligi sohasiga masʼul etib tayinlangan. 1956-yildan Yamaykada bosh hamshira boʻlib ishlagan.

West India maktabining mintaqaviy kengayishidan soʻng, Nita Borrow Karib dengizi Ittifoqida hamshiralik tadqiqot loyihasi direktori etib tayinlangan. Bu hamshiralar malakasi oshishiga va West India universitetida ilgʻor hamshiralik dasturining boshlanishiga sabab boʻlgan.

Faoliyati Barrowning faoliyati 1964-yilda maslahatchi hamshira sifatida boshlangan. 1975-yilda Jahon cherkovlari kengashi (WCC) Xristian tibbiy komissiyasining direktori hamda Butunjahon yosh xristian ayollar assotsiatsiyasi (YWCA) prezidenti (1975—1983) boʻlgan. 1982-yildan 1990-yilgacha Xalqaro kattalar taʼlimi kengashi (ICAE) prezidenti; 1983-yilda Nairobida (Keniya) Nodavlat tashkilot (NNT) forumining konventori boʻlgan. 1985-yilda Nairobi Butunjahon ayollar konferensiyasida NNT forumining raisi sifatida ishtirok etgan.

1986-yilda Commonwealth Group of Eminent Persons aʼzosi sifatida Janubiy Afrikaga tashrif buyurgan. Topshiriq davomida u Aleksandra shaharchasining taqiqlangan hududiga kirib, Janubiy Afrikaning harbiy cheklovlarini muvaffaqiyatli bartaraf etganCarrington (2003)..

1980-yilda Barrow Barbadosdagi eng yuqori darajali unvon — „Knight or Dame of St Andrew“ ordeni — bilan taqdirlangan. Shuningdek, Hamshiralik Kollejining faxriy stipendiyasi bilan mukofotlangan.

Barrow insult oqibatida olamdan oʻtgan. Vafotidan soʻng singillari Sybil Barrow va Ena Comma qolgan.

Merosi Errol & Nita Barrow Taʼlim Fondi mablagʻ toʻplaydi va oʻqishni davom ettirishi uchun barbadosliklar va Karib dengizi Ittifoqi fuqarolarini moddiy ragʻbatlantiradi. Ushbu tashabbus Barbados va Karib havzasini yana-da rivojlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

Xalqaro kattalar taʼlimi kengashi (ICAE) ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga katta hissa qoʻshgan mahalliy va xalqaro taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlovchi Dame Nita Barrow mukofotini taʼsis etgan.

Nita Barrow Toʻplami — hayoti va faoliyat davrlari toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻplami — UNESCOning jahon hujjatli merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Lavozimlari

Barbados va Yamaykada hamshiralik va sogʻliqni saqlash sohasidagi faoliyati (1940—1956) Bosh hamshira, Yamayka (1956—1967) Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Pan-Amerika Sogʻliqni saqlash tashkilotining sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahatchisi (1963—1975) Maslahatchi hamshira, Pan–Amerika Sogʻliqni saqlash tashkiloti (1967—1971) Jahon cherkovlari kengashining Xristian tibbiy komissiyasi direktori oʻrinbosari, Jeneva (1971—1975) Yosh ayollar xristian assotsiatsiyasi (YWCA) prezidenti (1975—1983) Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti direktori/sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahatchi (1981—1986) Xalqaro kattalar taʼlimi kengashi prezidenti (1982—1990) Jahon cherkovlari kengashi prezidenti (1983) Birlashgan Millatlar Tashkiloti elchisi (1986—1990) Hamshiralik Kolleji faxriy aʼzosi Barbados General-gubernatori (1990—1995)

Mukofotlari

Huquq fanlari doktori, West India universiteti (1975-yil) Royal hamshiralik kollejining faxriy aʼzosi (1980-yil) Qirolicha Elizabeth II ning buyrugʻi bilan „Knight or Dame of St Andrew“ ordeni (1980-yil) Fan doktori, McMaster universiteti, Kanada (1982-yil) Gamaliel kafedra oʻqituvchisi, Wisconsin–Milwaukee universiteti, AQSh (1983-yil) „Spirit of Caribbean“ mukofoti, Karib dengizi resurslari jamgʻarmasi (1984-yil) „Caribbean Prize for Peace through the Struggle for Justice“ mukofoti, Karib dengizi Cherkovlar kengashi (1986-yil) „Yilning eng yaxshi fuqarosi“ mukofoti, Barbadosning Kiwanis klubi (1986-yil) CARICOM Ayollar mukofoti (1987-yil) Huquq fanlari doktori, Toronto universiteti, Kanada (1987-yil) Fan doktori, Morris Brown universiteti, AQSh (1987-yil) Gumanitar fanlar doktori, Mount Saint Vincent universiteti, Kanada (1988-yil) Yuridik fanlar doktori, Winnipeg universiteti, Kanada (1988-yil) Prezident medali, Brooklyn kolleji, AQSh (1988-yil) Huquq fanlari faxriy doktori, Spelman kolleji, AQSh (1988-yil) Christiane Reimann mukofoti, Xalqaro hamshiralar kengashi, Jeneva, Shveysariya (1989-yil) Huquq fanlari faxriy doktori, Queens universiteti, Kanada Adabiyot faxriy doktori, Wilfrid Laurier universiteti

Yana qarang Memory of the World Register — Lotin amerikasi va Karib dengizi Amerika mamlakatlarida siyosiy lavozimlarga ega boʻlgan birinchi ayollar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar Blackman, Francis Woodie. Dame Nita: Caribbean Woman, World Citizen. Kingston, Jamaica: Ian Randle Publishers, 1985.

Havolalar Dame Ruth Nita Barrow, Karib dengizi hamjamiyati (CARICOM) veb-sayti Dame Ruth Nita Barrowning tarjimayi holi Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:Yuridik fanlari doktorlari Turkum:15-noyabrda tugʻilganlar Turkum:19-dekabrda vafot etganlar Turkum:Siyosatchi ayollar