Whitney Elizabeth Engen (1987-yil 28-noyabr) – amerikalik futbolchi va FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi. Futbolchi yaqinda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi ayollar futbolining eng yuqori divizioni boʻlgan Milliy Ayollar Futbol Ligasining Boston Breakers ayollar futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynadi. Himoyachi birinchi marta 2011-yil Algarve kubogi doirasida 4-mart kuni Norvegiyaga qarshi oʻyinda AQSh terma jamoasi safida maydonga tushgan. Jamoadagi faoliyati davomida u jamoa safida 40 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.

Manbalar

Turkum:Ayollar futboli himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar