Benjamin Paa Kwesi Henrichs (1997-yil 23-fevral) – Germaniyalik futbolchi, Bundesliga klubi RB Leipzig va Germaniya milliy jamoasida himoyachi yoki yarim himoyachi pozitsiyalarida toʻp surmoqda.

Karyerasi

Bayer Leverkusen yetti yosh vaqtida Bayer Leverkusen akademiyasiga kirib kelgan Henrichs keyinchalik 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasining kapitaniga aylanadi. Oʻz oʻyinlari bilan murabbiylarni jalb qila olgan futbolchi 2015-yilda katta jamoaga koʻtarildi va 20-sentyabr kuni Borussiya Dortmundga qarshi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazadi. U keyingi mavsumida jamoa safidada 29 ta oʻyin oʻtkazadi. Bayerliklar safida 80 dan ziyod oʻyin oʻtkazgan Henrichs 2018-yil avgust oyida Liga 1 jamoasi AS Monaco klubiga transfer qilinadi. .

Monaco 2018-yil 28-avgust kuni Henrichs Monaco klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

RB Leipzig (ijara) Henrichs 2020-yilning 8-iyulida kuni RB Leipzig jamoasiga bir mavsumlik ijara beriladi. Shartnoma kelasi mavsumda 15 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud edi.

RB Leipzig 2021-yil 12-aprelda nemis klubi shartnomaning yuqoridagi bandini faollashtiradi va futbolchini 15 million yevro evaziga toʻlaqonli oʻz safiga qoʻshib oladi.

Terma jamoadagi faoliyati Otasi nemis va onasi Ganalik boʻlgan futbolchi Germaniyada tavallud topgan va ikkala terma jamoada oʻynash imkoni boʻlgan. 2017-yilgi intervyusida Ganalik yulduz Michael Essien bolaligidagi kumiri boʻlganini, ammo u Germaniya uchun oʻynashni afzal koʻrishini aytadi.

Germaniya thumb|Henrichs 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida 2016-yil 4-noyabr kuni Henrichs birinchi marta Joachim Löw boshchiligadagi terma jamoadan chaqiruv oladi. U San-Marinoga qarshi Jahon chempionati saralashi va Italiyaga qarshi oʻyinarida qaydnomaga kiritiladi.

Henrichs UEFA Yevro 2024 turnirida ham Germaniyaning yakuniy tarkibidan joy olgan.

Statistikasi

Klub

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBayer Leverkusen2015–16Bundesliga901002016–172903702017–182302802018–191010Umumiy620760Monaco2018–191-li ligada2212912019–20130150Umumiy351441RB Leipzig (ijara)2020–21Bundesliga130200RB Leipzig2021–22Bundesliga2233732022–233024442023–24331421Umumiy9861438Umumiy19572639

+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarGermaniya201610201720202020202220202360202420Umumiy150

Manbalar

Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:Bayer 04 Leverkusen futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar