Toʻraberdi Shaymardanov (; 1958-yil 24-yanvar, Toshkent) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Murabbiylik faoliyati davomida „Paxtakor“ yoshlar jamoasi va „Lokomotiv“ klubiga murabbiylik qilgan.
Futbolchilik faoliyati Toʻra Shaymardanov Toshkent futbol makatabi tarbiyalanuvchisi. Axrol Inoyatov birinchi murabbiylaridan biri. Faoliyati davomida MHSK, Xonqa, Yangiyer, Paxtakor, Zvezda, Sohibkor, Traktor, Andijon, Navbahor, Konchi, Umid, Aral va Doʻstlik klublari tarkibida oʻynagan. 1979—1981-yillar davomida Paxtakor jamoasi tarkibida SSSR Oliy ligasida 32 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1979-yilda oʻtkazilgan futbol boʻyicha SSSR xalqlari yozgi spartakiadasida ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlagan va 1998—2000-yillar oraligʻida „Paxtakor“ klubi murabbiylar shtabida ishlagan va yoshlar jamoasi murabbiyi boʻlgan.
2003—2004, 2005—2006-yillarda Toshkentning boshqa bir jamoasi, Lokomotiv klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Yutuqlar
Manbalar
Havolalar Toʻraberdi Shaymardanov Footballfacts saytida Toʻraberdi Shaymardanov Playmakerstats saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:Umid Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar