Gulmat Haytmetov (1961-yil 14-avgust, Gurlan tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – fermer, „Mehnat shuhrati ordeni“, „Shuhrat“ medali va „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni sohibi.

Hayoti va mehnat faoliyati

1949-yil 1-avgustda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Xorazm viloyatining Gurlan tumani Vazir qishlogʻi (hozir Gurlan tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) da Haytmet Eshmetov va Gulposhsha Eshmetovalar oilasida tavallud topgan.

Mehnat faoliyatini 1966-yildan Gurlan tumanidagi jamoa xoʻjaliklaridan birida boshlangan. 1967—1971-yillarda „Xorazmsuvqurilish“ trestining koʻchma mexanizatsiyalashgan kollonnasida mexanizator, 1971—2000-yillarda „Dehqonobod“ jamoa xoʻjaligida agronom, brigada boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

1985-yilda Toshkent davlat qishloq xoʻjaligi institutini sirtdan tamomlagan.

1993-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor“ unvoni bilan taqdirlagan.

2000—2012-yillarda jamoa xoʻjaliklari, bir nechta fermer xoʻjaliklarida faoliyat olib borgan.

1995-yilda „Mehnat shuhrati ordeni“, 2003-yili „Shuhrat“ medali va 2006-yili „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.

2012-yilda nafaqaga chiqqan.

Oilasi Oilali. Turmush oʻrtogʻi – Bozorgul Haytmetova (vafot etgan). Yetti nafar farzandi bor. Mukofotlari 1. 1993-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor“ unvoni,

2. 1995-yil – „Mehnat shuhrati ordeni“,

3. 2006-yil – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati, xalqimizning bebaho madaniy-maʼnaviy merosini saqlash va rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni.

Yana qarang Oʻzbekiston Qahramonlarining roʻyxati Adabiyotlar

Manbalar