Tizimli qizil yugurik TQYU – etiologiyasi noaniq surunkali autoimmun kasallik boʻlib, aʼzolar va toʻqimalarning immun yalligʻlanishi va aʼzolar yetishmovchiligi bilan namoyon boʻluvchi kasallikSistemnaya krasnaya volchanka.
Kasallik statistikasi
Bu kasallik erkaklarga nisbatan oʻsmir qizlar va yosh ayollarda yaʼni reproduktiv yoshda 11-30 yoshgacha ayol va qizlarda koʻproq uchraydi. Kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan 1:10 nisbatda kuzatiladi. Kasallanish har 100000 aholidan 5 tasida kuzatiladi. Yevropa va Shimoliy Amerikada har 100000 aholining 40 tasi shu kasallikga chalinadihttps://www.msdmanuals.com/en-gb/professional/musculoskeletal-and-connective-tissue-disorders/autoimmune-rheumatic-disorders/systemic-lupus-erythematosus-sle.
Kasallik etiologiyasi
Noaniq holda. Tarixiy kuzatuvlar asosida kasallik bakteriyalardan: streptokokk, sil tayoqchasi, stafilokokk kabi bakterial faktorlar; surunkali virusli infeksiyalar: RNK saqlovchi va retroviruslarda; genetik faktorlar: HLAA1, B8, DR2, DR3 genotipga ega odamlarda kuzatiladihttps://www.mediccity.ru/directions/587.
Kasallikni qoʻzgʻatuvchi omillar
Antibakterial ingolatsiya Vaksinatsiya Sovuqqotish Turli infeksiyalar Oʻsma kasalliklari
Bu kasallik „tizimli kasallik“ boʻlgani uchun ham barcha sistemaga taʼsir oʻtkazmay qolmaydihttps://www.amboss.com/us/knowledge/Systemic_lupus_erythematosus.
Kasallikni tasdiqlovchi belgilar
„Kapalak“ simptomi. Bu belgi tananing yuz sohasida, peshonada, burun, yanoqlar va iyakda qizil toshmalar koʻrinishida „kapalak“ shaklini hosil qiladihttps://en.wikipedia.org/wiki/Lupus_erythematosus.
LE hujayrasi yoki ANF titrining yuqoriligi Biriktiruvchi toʻqima shikastlanganda zararlangan oʻchoqda amorf massali yadroning Kumbas reaksiyasida musbat qiymatga ega boʻlishi.
Tana haroratining 37,5 dan yuqori ekanligi doimiy va bir vaqtda sodir boʻlishi, bosh, quloq, chanoq sohasida ogʻriq .
Tanada alergik belgilar qizil toshmalar yoki tangacha dogʻlar paydo boʻlishi.https://w.wiki/AK5tAugust
Kasallik darajalari Oʻtkir Oʻtkir osti Surunkali
Surunkali shaklining oʻzi ham notartib fazalarga boʻlinadi:
A)Qaytalanuvchi poliartit yoki Serozit;
B)Diskoid valchonka sindromi;
D)Reyno sindromi;
G)Verlgof sindromi;
V)Epileptiform sindromi
Faollik darajasi: yuqori(3), oʻrtacha(2), minimal(1)Nofaol darajasi: remmesiya.
Manbalar
Turkum: Revmatologiya Turkum: Kardiorevmatologiya Turkum:tibbiyot kasalliklari Turkum: Tibbiyot jurnallari Turkum: Dermatologiya