Sharbithat () – Ummon Sultonligining Dofar gubernatorligi Shalim viloyatida joylashgan qirgʻoq boʻyidagi shaharcha. Sharbithat shaharchasi Salaladan 430 km uzoqlikda, Ummon Sultonligining janubiy qismida joylashgan.
Xususiyatlari Sharbithat, asosan, baliqchilar qishlogʻi boʻlib, hududda taxminan 300 nafar aholi istiqomat qiladi. Tutilgan baliqlar Dubay va Salala kabi hududlarga joʻnatiladi va u yerda qadoqlanib, koʻplab mamlakatlarga eksport qilinadi. Shaharchada oʻrta maktab va sogʻlomlashtirish punkti faoliyat yuritadi, shuningdek, yangi turar-joy koloniyasi ham mavjud.
Arxeologiyasi Sharbithat shaharchasining 14 kilometrlik qirgʻoq chizigʻi neolit davri obyektlari qazib olinadigan joylardan biri hisoblanadi. Ilk qazish ishlari 2017-yilning yanvar oyida amalga oshirilgan. 2020-yilda bundan 5500 yil oldin yoʻqolib ketgan akulalarning Otodus nomli turkumiga mansub turining tishi topilgan boʻlib, Arabiston hududidan topilgan bunday turdagi ilk tish hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Ummon Sultonligi geografiyasiga oid chala maqolalar