„Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ (, ) – elektr energiyani isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi tashkilot.
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, elektr energiyasi isteʼmolchilarining umumiy soni – 8 089 339 kishini, shundan 433 217 nafari – yuridik va 7 656 307 nafari – maishiy isteʼmolchilarni trashkil etadi.
2023-yilga koʻra, AJ tomonidan isteʼmolchilarga 64,0 mlrd.kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Rahbariyat Ulugʻbek Mustafoyev – aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi; Izbosarov Agzam Fahriddinovich – aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha birinchi oʻrinbosari; Gaybullayev Alvar Keldiyorovich – AJ boshqaruv raisining transformatsiya, investitsiya, innovatsion rivojlanish, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; Askarov Asrorjon Akramovich – AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari; Nosirov Dilshod Baxadirovich – AJ boshqaruv raisining kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari; Alimardonov Oybek Jumakulovich – AJ boshqaruv raisining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari.
Manbalar
Turkum:Davlat tashkilotlari Turkum:Oʻzbekiston energetika kompaniyalari