Jessica Park (21-oktabr 2001-yilda tugʻilgan) – angliyalik professional ayol futbolchi. Jess Manchester Cityning ayollar jamoasi va Angliya milliy jamoasida markaziy xujumchi ampulasida oʻynaydi. U „Manchester City“ jamoasi bilan birgalikda ikki marta Liga Kubogida va bir marta FA Cupda gʻolib boʻlgan. Jess Angliya terma jamoasi bilan U17 va U19 jamoalari bilan oʻynagan.

Klubdagi faoliyat

Manchester City Park 6-dekabrda 2017-yilda Manchester City safida oʻzining ilk katta debyutini qildi. 2017-18-yilgi FA WSL kubogida Doncaster Belles ustidan qozonilgann 3-2 hisobidagi gʻalabada maydonga zahiradan tushdi. 2018-yil 5-dekabr kuni u klub safidagi oʻzining birinchi golini Sheffield United qarshi 6-0 gʻalabasi bilan kiritdi, keyinchalik 13-dekabr kuni Aston Villa qarshi 4-0 hisobidagi gʻalabasida ham gol urdi, bu esa Cityga 2018-19-yilgi Liga kubokini yutishga yordam berdi.

Park 17 yoshida 2019-yil 25-sentabr kuni Luganoga qarshi 4-0 hisobidagi gʻalabasi bilan UEFA chempionlar ligasida ozining asosiy tarkibdagi debyutini qildi.

2020-yil 16-fevral kuni u 2019-20 FA Cupda Ipswich Townga qarshi 10-0 hisobidagi gʻalabada oʻzing uchta hattrickidan birini amalga oshirdi. 4-aprel kuni Park Manchester City bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va u klubda 2023-yilgacha qoladigan boʻldi. 1-noyabr kuni u 2020-yilgi FA Cup finalida 70-daqiqada zahiradan maydonga tushdi va natijada 3-1 hisobida gʻalaba qozondi.

2021-yil 13-oktabr kuni 2021-22-yilgi Liga kubogida Park Evertonga qarshi guruh bosqichida 5-1 hisobida gʻalaba qozondi, undan keyin Tottenham Hotspurga qarshi yarim final oʻyinida 3-0 hisobida gʻalabada ochilish golini kiritdi kiritdi, shuningdek, ikkita golli uzatma berdi va bu mavsumda Cityga musobaqaning gʻolibi boʻlishiga yordam berdi. U 2021-2022- yilgi mavsum uchun Manchester City Rising Star mukofotiga sazovor boʻldi.

14-iyun 2022-yilda Park klub uchun 57 oʻyinda 9 ta gol urganidan soʻng, 2026-yilgacha Manchester City bilan uch yillik shartnoma imzoladi . Imzolaganidan soʻng u: „Bu mening klubim va men bu yerda boʻlishni xohlayman“ deb aytdi. Bosh murabbiy Gareth Taylor Parkni „ cityda rejalarimizning juda katta qismi“ deb aytadi.

2023-yil sentyabr oyida North West Football Awards Rising Star mukofotiga nomzod boʻldi. 11-oktabr kuni, 2023-24 yilgi Ligasi kubogida, u sobiq klub Evertonga qarshi 2-1 hisobida gʻalaba qozondi, keyinchalik Liverpulga qarshi oʻyindagi goli 8-noyabr kuni 4-3 hisobida gʻalabaga olib keldi. 2024-yil 7-fevral kuni turnirning chorak finalida Park Yui Hasegavaga Tottenham Hotspurga qarshi gʻalaba qozonish uchun yordam berdi. Toʻqqiz kun oʻtgach, WSLning birinchi oʻyinida Park Chelseaning 22 oʻyinli gʻalabali seriyasini tugatishda muhim rol oʻynadi. Park „Guardian“ tomonidan „City“ ning „oʻyindagi va undan tashqari“ "oʻziga xos „oʻyinchisi“ sifatida tasvirlangan.

Everton (ijara asosida) 2022-yil 15-iyul kuni u Everton jamoasi bilan 2022-2023-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasini. imzolaganini eʼlon qildi. U 2022-2023-yilgi Liga kubogida Park Sheffield United qarshi oʻyinda (2022-yil 26 noyabr) 3-0 hisobida gʻalaba qozondi va Manchester Unitedga qarshi 7-dekabrdagi oʻyinda 4-2 hisobi bilan magʻlub boʻldi, hamda u ushbu oʻyinlarda gol kiritdi.

Park 2023-yil 12-mayda mashq paytida sonidan jarohat olganidan soʻng Manchester Sitiga qaytdi. Everton bilan u 22 ta oʻyin oʻynadi, beshta gol uradi va beshta golli uzatma beradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:Angliyalik ayol futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar