Oliver George Arthur Watkins (1995-yil 30-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Saudiya Pro-ligasining „Al-Hilal“ va Angliya milliy jamoasida markaziy hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Uotkins „Exeter City“ akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, aynan shu klubda oʻzini koʻrsata olgan. 2017-yilda „Brentford“ga oʻtishdan oldin u EFLda „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritgan. Uotkins „Brentford“dagi uch yillik faoliyati davomida katta muvaffaqiyatlarga erishdi: 2019–2020-yilgi mavsumda Chempionshipning qoʻshma toʻpurari boʻldi va 2020-yilda Chempionshipda „Yil oʻyinchisi“ deb topildi.
2020-yil sentyabr oyida Uotkins oʻzining hozirgi klubi — „Aston Villa“ bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil may oyida u 2023–24-yilgi mavsum uchun Premyer-liganing „Mavsum pleyeymeykeri“ deb eʼlon qilindi. 2025-yilning may oyida esa Gabriel Agbonlahorning 74 gollik rekordini yangilab, „Aston Villa“ning Premyer-ligadagi barcha davrlar toʻpurariga aylandi.
Uotkins Angliya milliy terma jamoasidagi debyutini 2021-yil mart oyida Jahon chempionati saralashi doirasida San-Marino terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi va shu oʻyinda oʻzining ilk xalqaro golini ham kiritdi. Shundan soʻng Uotkins UEFA Yevro–2024 va FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqalarida Angliya sharafini himoya qildi.
Yoshlik yillar Oliver George Arthur Watkins 30-dekabr 1995-yilda Devonning Torquay shahridagi Torbay shifoxonasida tugʻilgan. U yaqin atrofdagi Nyuton abbot shaxrida oʻsgan va Ashburton South Dartmoor Community Collegeda oʻqigan. Watkins oʻsmirlik davrida Arsenal muxlisi boʻlgan.
Klubdagi faoliyat
Exeter City
Boshlangʻich faoliyati Watkins 2003-yilda 9 yoshida klubning baʼzi sinovlaridan oʻtganidan soʻng U11 darajasida Exeter City akademiyasiga qoʻshildi. U 2012-yilda yoshlar safida stipendiya shartnomasini imzolash uchun ancha harakat qildi va 2013-14-yilda jamoa bilan Futbol ligasi yoshlar ittifoqi Janubiy Gʻarbiy konferentsiyasini yutgan mavsumida U18 jamoasi safida 30 ta gol kiritganidan keyin 2014-yil aprel klub bilan oyida ikki yillik professional shartnoma imzoladi. Watkins 2013-14-yilgi mavsum „Hartlepool United“ga qarshi oʻtgan Ikkinchi liga yakuniy oʻyinida zahiradan tushib oʻzining klub safidagi debyutini qildi, jamoasi 2-0 hisobida gʻalaba qozongan ushbu uchrashuvda 77-daqiqada Aaron Dawson oʻrniga maydonga tushdi.Watkins 2014-15-yilgi mavsumining birinchi uch oyida Pol Tisdale tomonidan tez-tez zahiradan maydonga tushurilgan, oʻzining birinchi golini(2014-yil 7-oktabr kuni Futbol ligasi trofeyasi doirasidagi Coventry Cityga qarshi 3-1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvning ikkinchi boʻlimida) kiritganiga qaramay, u jamoa safida boy yoʻgʻi 3 marta maydonga tushganva 2014-yil dekabr oyida Weston-super-Mare jamoasiga ijara asosida transfer qilingan.
2014-yilning 8-dekabr kuni Watkins Conference South klubi Weston-super-Marega bir oylik ijara asosida oʻtadi .Uzaytirilgan ijara muddatidan soʻng , Watkins 2014–15- yilgi mavsumning oxirigacha klub safida qoldi. U mavsum davomida muntazam oʻyinga tushdi va oʻzining klubiga qaytgunga qadar 10 ta gol urdi.
2015-2017: Ilk jamoasi 2015-16-yilgi mavsumni dastlabki 2 oyida maydonga tushurilmagandan soʻng, Watkins 2015-yil oktyabr oyida futbolchilar roʻyxatiga kiritilgach, liga doirasidagi bahslarda ilk bor koʻrinish berdi. Uning 6-dekabr kuni Plymouth Argyle ustidan 2-1hisobida Devon derbisida qozongan gʻalabasida urgan goli u uchun debyut gol boʻldi. Exeter City bilan keyingi oʻyinda 2-0 hisobida FA Cupning ikkinchi raunddagi Port Vale ustidan gʻalabani qoʻlga kiritdi. 2016-yil mart oyida Watkins doimiy asosiy tarkibga kiritilgan. Mart oyida u ajoyib oʻyin oʻtkazdi, olti oʻyinda toʻrtta gol urib, Football League oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va PFA muxlislarining oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinlarini qoʻlga kiritdi .Uning gol urish seriyasi aprel oʻrtalariga qadar davom etdi va 10 ta oʻyinda 8 ta gol urdi. Watkins 2015-16 yilgi mavsumni 22 ta oʻyinda 10 gol bilan yakunladi.
Brentford 2017-yil 18-iyul kuni Watkins Brentford jamosiga toʻrt yillik shartnoma bilan qoʻshildi, 1,8 million funt evaziga.U Brentford safida 8-avgust kuni EFL kubogi birinchi raundida AFC Wimbledon darvozasiga birinchi golini kiritdi.
Manbalar
Havolalar
Ollie Watkins Al Hilal SFC saytida Ollie Watkins Futbol assotsiatsiyasi saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Exeter City F.C. futbolchilari Turkum:Weston-super-Mare A.F.C. futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Al Hilol SFC klubi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari