Wayne Michael Bridge (5-avgust, 1980-yil) – angliyalik sobiq professional futbolchi va chap qanot himoyachisi.
Southampton akademiyasini bitirgandan soʻng, u 1998-yilda Southhampton klubida debyut qilgan va Chelsea klubi safiga qoʻshilguncha 150 marta maydonga tushgan. Stamford Bridgedagi olti yillik faoliyati davomida 3 marotaba mahalliy chempionatlarda gʻolib boʻlgan. U, shuningdek, 2009-yilda Manchester Cityga qoʻshilishdan oldin Fulham jamoasi tarkibida ijarada toʻp surgan. Manchester City klubi safida toʻrt mavsum davomida qoldi, ammo oxirgi ikkala mavsumlarini West Ham va Sunderland jamoalarida ijaraga oʻtkazgan. 2012—2013-yillarda Brighton & Hove Albion bilan Chempionshipda ishtirok etgan. U 2014-yilda Reading klubi bilan oʻtkazgan bir mavsumdan soʻng faoliyatini tugatdi.
Bridge 2002-yildan 2009-yilgacha Angliya milliy jamoasida 36 marta maydonga tushgan va FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati 2004 turnirlarida ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
Southampton Olivers Battery FC uchun oʻynayotganda uni Mikki Adams koʻrgan va 1996-yil iyul oyida uni Southampton klubiga tavsiya qilgan. U 1997-yil 13-avgustda Portsmouth qarshi markaziy hujumchi sifatida zaxira jamoada debyut qilgan va 1998-yil yanvar oyida professional futboldagi debyutini qilgan.
Bridge 1998-yil 16-avgustda (1998—99-yilgi mavsumning 1-turida) Jon Beresford oʻrniga zaxiradan maydonga tushib Angliya Premier ligasida debut qildi. U birinchi mavsumda, Southampton safida 15ta oʻyinda asosiy tarkibda boshlagan.
Oʻzining besh yillik faoliyati davomida umumiy 173 ta oʻyin oʻtkazgan hamda Wimbledon va Bolton Wanderersga qarshi ikkita gol urgan.
Chelsea Bridge 2003-yil iyul oyida 7 million funt funtlik pul va Graeme Le Saux evaziga Chelsea klubiga oʻtdi.
Bridge 2004-05-yilgi mavsumni yangi murabbiy José Mourinho ostida muntazam oʻynashni boshlagan. Chelsea u asosiy tarkibda yoʻqligida Premyer Liqada gʻalaba qozongan, lekin Bridge oltin medalni olish uchun yetarlicha oʻyin(15 marta) oʻtkazgan.
Manchester City right|thumb|248x248px|Bridge 2010-yil 27-fevral kuni Chelsega qarshi oʻyin boshlanishida John Terry bilan qoʻl berib koʻrishishdan bosh tortadi. 2009-yil 2-yanvarda, Bridge £10 million evaziga Manchester City klubi safiga koʻchib oʻtgan. U klub safida 25-raqamda toʻp suradi. 2009-10-yilgi mavsumda, raqamini 3 ga oʻtkazadi.
West Ham United (ijara) right|thumb|211x211px|Bridge West Ham safida 2011-yil 12-yanvar kuni Bridge West Ham United klubi safiga mavsum oxirigacha ijaraga qoʻshilgan. Bridge ijara muddati tugashidan oldin West Ham uchun barcha musobaqalarda 18 ta oʻyin oʻtkazgan.
Sunderland (ijara) 2012-yil 31-yanvarda, Bridge 2011-12-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi bilan Sunderland qoʻshilganligi eʼlon qilindi.
Brighton & Hove Albion (ijara) 2012-yil 6-iyul kuni Bridge „Brighton & Hove Albion“ klubiga mavsum davomida ijara asosida qoʻshilishi tasdiqlandi.
Reading va faoliyatini tugatishi 2013-yil iyun oyida Bridge bir yillik shartnoma imzolagan.
2014-yil 6-may kuni Bridge klub uchun bir mavsum oʻynagandan soʻng, 12 oʻyin oʻtkazadi va keyinchalik professional futboldagi faoliyatini tugatadi.
Futbolchining statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha statistikasiKlubMavsumLigaUmumiyChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSauthampton1998–99Premyer Liga2302401999–2000Premyer Liga1812212000–01Premyer Liga3804502001–02Premyer Liga3804202002–03Premyer Liga341401Umumiy15121732Chelsea2003–04Premyer Liga3314832004–05Premyer Liga1502502005–06Premyer Liga00202006–07Premyer Liga2203312007–08Premyer Liga1102202008–09Premyer Liga60120Umumiy8711424Fulham (ijara)2005–06Premyer Liga120120Manchester Siti2008–09Premyer Liga1602202009–10Premyer Liga2302802010–11Premyer Liga30702011–12Premyer Liga0010Umumiy420580West Ham United (ijara)2010–11Premyer Liga150180Sunderland (ijara)2011–12Premyer Liga80100Brighton & Hove Albion (ijara)2012–13Chempionship373423Reading2013–14Chemponship120120Karyerasi jami36464679
Xalqaro +Milliy jamoadagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGolAngliya200290200360200451200510200630200730200850200940Umumiy361
Manbalar
Havolalar
Wayne Bridge Career Profile
BBC profile
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Sunderland A.F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari