Marcelė Kubiliūtė (1898-yil 28-iyul – 1963-yil 13-iyun) – litvalik josus va jamoat faoli. U Litvaning barcha yirik ordenlari bilan taqdirlangan yagona litvalik ayol. 1999-yilda xotiralari nashr etilgunga qadar deyarli nomaʼlum boʻlganiga qaramay hozirda u Litva razvedka xizmatlarida „afsonaviy“ shaxs sifatida tan olingan.

Hayoti Kubiliūte 1898-yil 28-iyulda hozirgi Litvaning shimolidagi Panemunėlis yaqinida joylashgan Tindžiuliai shahrida tugʻilgan. Uning oilasi taʼqiqlangan Litva matbuotini tarqatishda qatnashgan yaxshi taʼminlangan dehqonlar oilasi edi. U ilk taʼlimni Litva madaniy hayotida faol boʻlgan mahalliy katolik ruhoniysi Jonas Katelėdan olgan. Keyinchalik u Panemunėlisdagi boshlangʻich maktabda oʻqigan.

1912-yilda katta akasi Juozas Kubilius uni Vilnyusga olib boradi, u yerda kechki maktabda oʻqiydi. Antanas Smetona tomonidan nashr etilgan Litvaning „Viltis“ gazetasi tahririyatida ishlaydi. Ruhoniy Fabijonas Kemėšis unga Qo'shma Shtatlarga koʻchib oʻtish taklifini beradi, ammo onasi kasal boʻlib qoladi va unga gʻamxoʻrlik qilish uchun oʻz ona shahri Tindjiulyayga qaytib keladi.

1915-yilda nemis imperator armiyasi Vilnyusga yaqinlashganda, Kubiliūtė boshqa litvalik talabalar bilan birga Rossiyaning Voronej shahriga evakuatsiya qilinadi. U kasal boʻlib qolgani sabab ukasi Yuozas uni 1916-yilda Sankt-Peterburgga olib ketadi. Ukasi 1917-yil mart oyida vafot etgan. Uning dafn marosimini Juozas Tumas-Vaižgantas boshqargan . Kubiliūtė bolsheviklarni qoʻllab-quvvatlagan shoir Yuliy Yanonis bilan tanishadi. Ammo Yuliy sil kasalligiga chalingandi va shu sabab 1917-yilning may oyida oʻz joniga qasd qilgan.

Keyin Kubiliūtė shifokor bilan unashtiriladi, lekin shifokor Rossiyadagi fuqarolar urushida halok boʻladi. Shunga qaramay, Kubiliūte 1918-yil kuzida gimnaziya va buxgalteriya kurslarini bitirishga muvaffaq boʻlgan.

Mukofotlari Kubiliūtė quyidagi mukofotlarga loyiq koʻrilgan: Vitis xochi ordeni (2-toifa, 3-darajali) (1928-yil) Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni (4-darajali) (1928-yil) Mustaqillik medali (1928-yil) Buyuk Vitautas ordeni (5-darajali) (1930-yil) Miltiqchilar yulduzi (1932-yil) Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni (3-darajali) (1938-yil) Hayotni qutqaruvchi xoch (Žūvančiųjų gelbėjimo kryžius) (2020-yil)

Galereya

Manbalar

Turkum:Josuslar Turkum:Litvalik ayollar