Alfred Schmidt (, 1936-yilda oʻz ismini Ain Sillakga oʻzgartirgan; 1-may 1898-yil, Riisipere, Harju – 5-noyabr 1972-yil, Tallin) – estoniyalik ogʻir atletikachi, Antverpendagi Olimpiya oʻyinlari sovrindori (1920). Biografiyasi Alfred 1898-yil 1-mayda Rossiya imperiyasining Hageri posyolkasi yaqinidagi Maidla qishlogʻida tugʻilgan. Tallindagi maktabda tahsil olgan. Faoliyati 1913-yildan yengil atletika bilan shugʻullangan. 1916 va 1917-yillarda Artur Kukk tomonidan uyushtirilgan musobaqalarda qatnashdi, ammo kuchli natija koʻrsata olmaydi va Kukk Alfredga oʻz kuchini boshqa sport turlarida ham sinab koʻrishni taklif qiladi. 1919-yildan boshlab ogʻir atletika bilan shugʻullanadi. Uning ustozi sportchi Alfred Neuland boʻlgan. Mashhur estoniyalik ogʻir atletikachi bilan birga Alfred 1920-yilgacha Tondadagi harbiy sport lagerida mashq qiladi. 1920-yilda Antverpendagi Olimpiya oʻyinlarida Estoniya nomidan qatnashib, triatlonda (55 kg + 65 kg + 90 kg) 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 210 kilogramm natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1922-yilda Estoniya chempioni, 1923-yilda Boltiqboʻyi chempionatida bronza medali sohibi boʻlgan. Faoliyati tugatishidan oldin 1922-yilda Tallinda boʻlib oʻtgan jahon chempionati tashkilotchilarining tarkibida boʻlgan. Keyinchalik sportning stendda otish turiga qiziqib, ushbu sport turida hakam boʻlad. 1936-yilda ismini Ayn Sillakga oʻzgartiradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sportchi mamlakatda birorta ogʻir atletika boʻyicha musobaqa oʻtkazilmagani uchun oz muddat kurashda hakam boʻlib ishlagan. Birinchi rafiqasi Leontine Luuk vafotidan keyin Alfred 1925-yilda Margaretaga Reisman bilan turmushga quradi. Ularning farzandlari boʻlmagan. 1972-yil 5-noyabrda Tallinda vafot etgan. Rahumäe qabristoniga dafn qilingan. Xotira 2018-yilda Alfred Schmidt sharafiga uning tugʻilib oʻsgan Maidla qishlogʻida yodgorlik ochiladi.

Manbalar

Turkum:1972-yilda vafot etganlar Turkum:5-noyabrda vafot etganlar Turkum:1898-yilda tugʻilganlar Turkum:1-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar