Aleksander Klumberg (1936-yilda familiyasini Kolmperega oʻzgartirgan; 17-aprel, 1899-yil – 10-fevral, 1958-yil) – estoniyalik yengil atletikachi (dekatlet), Parijdagi olimpiya oʻyinlari sovrindori (1924). Dekatlon boʻyicha birinchi jahon rekordchisi.
4-darajali Estoniya Qizil Xoch ordeni sohibi.
Tarjimai holi 1899-yil 17-aprelda Rossiya imperiyasining Revel (hozirgi Tallin) shahrida tugʻilgan.
Aleksander Klumberg 1918—1919 yillarda ozodlik urushida ishtirok etgan.
Faoliyati Blumberg 12-13 yoshida sport bilan shugʻullana boshlagan. Ikki yildan soʻng Kalevga koʻchib oʻtgan va mahalliy klub safida mashgʻulot oʻtkazgan. Uch hatlab sakrash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Estoniya va Rossiya imperiyasida rekordlar oʻrnatgan. 1916-yilda uch hatlab sakrash boʻyicha Rossiya chempioni boʻlgan. Shuningdek, uzunlikka sakrash bahslarida ham qatnashib, ikkinchi oʻrinni egallagan.
1920-yilda Antverpenda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida nayza uloqtirishda 5-oʻrinni, pentatlonda esa 8-oʻrinni egallagan. 1923-yilgi xalqaro musobaqalarda nayza uloqtirish boʻyicha uchinchi, dekatlonda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
1922-yildan 1923-yilgacha jahon reytingini boshqargan. Shuningdek, faoliyati davomida yana bir echa marta reytingda yetakchilik qilgan. right|thumb| Aleksander Klumberg 1924-yilda 1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida dekatlon boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritgan va nayza uloqtirishda 17-oʻrinni egallagan. Eesti Spordileht uni barcha davrlardagi eng yaxshi estoniyalik sportchi deb eʼtirof etgan.
Sportdan tashqarida 1930-yilda Klumberg yengil atletika boʻyicha ikkita darslik yozgan va maxsus (sportga yoʻnaltirilgan) adabiyotlarni nashr etish jarayonlarida ishtirok etgan. Polsha yengil atletika olamiga 10 000 metrga yugurish boʻyicha 1932-yilgi olimpiada chempioni Pole Yanush Kusochinskiyning murabbiyi sifatida tanilgan.
1936-yilda familiyasini Kolmperega oʻzgartirib, estonlashtirgan.
1940-yilda 4-darajali Estoniya Qizil Xoch ordeni bilan mukofotlangan .
1958-yil 10-fevralda ona shahrida vafot etgan. Tallindagi Rahumäe qabristoniga dafn etilgan. Manbalar
Turkum:1958-yilda vafot etganlar Turkum:10-fevralda vafot etganlar Turkum:1899-yilda tugʻilganlar Turkum:17-aprelda tugʻilganlar Turkum:Estoniya sportchilari Turkum:Estoniyada tugʻilganlar Turkum:Estoniyada vafot etganlar