2024-yil 21-may kuni Londondagi Heathrow aeroportidan Singapurdagi Changi aeroportiga rejalashtirilgan yoʻlovchi reysini amalga oshirayotgan, Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasining Boeing 777-312ER samalyoti 321-reysi boʻyicha uchgan. Uning bortida 229 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Myanma osmonida kuzatilgan kuchli silkinishni boshdan kechirish oqibatida, 1 kishi halok boʻlgan, 104 kishi esa jarohatlangan. Keyinroq samolyot Bangkokdagi Suvarnabxumi aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan. Bu voqea Singapur havo yoʻllari aviakompaniyasining 2000-yildagi 006-reys halokatidan keyingi ilk halokatli parvozi sifatida tariflangan.
Samolyot Halokatga uchragan samolyot foydalana boshlaganiga 16 yil boʻlgan Boeing 777-312ER boʻlib, 9V-SWM sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Samalyot ishlab chiqaruvchining seriya raqami – 34578 va qator raqami – 701. U ilk bor 2008-yilning fevralida parvoz qilgan va ikkita General Electric, GE90-115B dvigatellari bilan jihozlangan. Samolyot Singapur havo yoʻllari kompaniyasiga 2008-yilda olib kelingan.
Halokat Boeing 777-312ER 2024-yil 21-may kuni soat 07:49 UTC atrofida (mahalliy vaqt bilan 14:19) Bangkokdan 360 dengiz mili (667 km; 414 milya) uzoqlikda, Myanmadagi Irravadi havzasi ustida kuchli silkinishga uchraydi. Samalyot ekipaji aʼzolari va yoʻlovchilan nonushta qilayotgan bir vaqtdayuzaga kelgan kuchli silkinish oqibatida, narsalar samalyot kabinasiga tushib keta boshlaydi. Baʼzi yoʻlovchilar jarohatlanishning oldini olish uchun koʻmak beradigan"xavfsizlik kamarini bogʻlang" belgisi juda kech yoqilganligi haqida maʼlum qilishgan. Kuzatuv maʼlumotlari toʻqnashuv vaqtida samolyot balandlikda boʻlganligini koʻrsatgan.
Bir yoʻlovchi halok boʻlgan, yana 104 kishi turli darajada jarohat olgan, ulardan 20 nafari reanimatsiyaga tushgan. Yagona vafot etgan yoʻlovchi 73 yoshli britaniyalik erkak boʻlib, ayoli bilan sayohat qilish maqsadida ketayotgan boʻlgan. Kasalxonaga yotqizilgach erkak yurak xastaligidan aziyat chekkan va yurak xurujidan vafot etgan, deya tahmin qilingan. Jarohatlanganlar orasida oʻn besh nafar britaniyalik, oʻn ikki nafar avstraliyalik, toʻqqiz nafar malayziyalik, beshta filippinlik, toʻrtta yangi zelandiyalik, ikkita singapurlik va bitta gonkonglik yoʻlovchilar boʻlgan. Ular orasida davolanishga yuborilgan eng keksa odam 83 yoshda ekanligi qayd etilgan. Jabrlanganlarning aksariyati umurtqa va bosh suyagining sinishi, shuningdek, miya, orqa miya va boshqa organlarning ichki shikastlanishi tashxisi bilan kasalxonalarga olib borilgan. Tasvirlardan aniqlanishicha, kislorod niqoblari samolyot ichki qismlari shikastlangandan keyin taqilgan.
Dastlab, jarohatlar uch daqiqada balandlikdan tushish natijasida yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik ayrim sabablarga koʻra, samalyotda silkinish boʻlganligi aniqlangan. Bu holatdan soʻng parvoz Bangkokka yoʻnaltirilgan va u yerda mahalliy vaqt bilan 15:45 da favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan. Singapur havo yoʻllari ertasi kuni ertalab 131 yoʻlovchi va 12 ekipaj aʼzosini Singapurga olib ketish uchun yordam reysini yuborgan.
Keyinchalik samolyot parvozni davom ettirish uchun qayta ruxsat olgan va 26-may kuni Singapurga qaytgan.
Oqibatlari Baxtsiz hodisadan soʻng Singapore Airlines aviakompaniyasi salonga xizmat koʻrsatish tartibini oʻzgartirishini eʼlon qilgan. Xavfsizlik kamarining belgisi yoqilgan paytda issiq ichimliklar xizmatini toʻxtatib turishdan tashqari, ovqatlanish xizmati ham toʻxtatilish holatiga oʻtgan. Ekipaj aʼzolarining yomon ob-havo sharoitida kabinadagi barcha boʻsh narsalar va jihozlarni oʻzlari bilan qoldirish holati esa avvalgidek qolgan.
2024-yil 22-may kuni Singapore Airlines bosh direktori Goh Choon Phong SQ321 reysida yuz bergan voqea uchun uzr soʻragan va tergovni sinchikovlik bilan olib borilishini nazorat qilishga vaʼda bergan. Singapur Bosh vaziri Lawrence Wong va Prezident Tharman Shanmugaratnam hodisa yuzasidan vafote tgan erkakning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan.
Izohlar
Manbalar
Turkum:2024-yil may oyida sodir boʻlgan voqealar Turkum:Singapur havo yoʻllarida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar Turkum:Aviahalokatlar