Göksu Üçtaş Şanlı (1990-yil 30-avgust; Şahinbey munisipaliteti, Gaziantep viloyati, Turkiya) — turkiyalik sobiq badiiy gimnastikachi. 2012-yildagi Londonda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki bilan Turkiya tarixidagi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan birinchi badiiy gimnastikachiga aylangan.
Shaxsiy hayoti Üçtaş 1990-yilda Şahinbey munisipalitetida tugʻilgan. Besh yoshida gimnastika bilan shugʻullana boshlagan. 2008-yilda Bolu Abant İzzet Baysal universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil ola boshlagan. Üçtaş 2013-yilda Özgür Şanlı bilan turmush qurgan. 2015-yilda qiz farzandli (ismi Lina) boʻlishgan.
Faoliyati
2006—2008 2006-yildan kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. 2006-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Shu tariqa, badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan ilk turkiyalik sportchiga aylangan.
2008-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi kerak edi. Ammo boʻynidan olgan ogʻir jarohati (bu jarohat sportchiik faoliyatini yakunlashga ham sabab boʻlishi mumkin edi) sababli olimpiadada ishtirok eta olmagan.
2009—2010 2009-yilda Italiyaning Pescara shahrida oʻtkazilgan Oʻrta yer dengiz oʻyinlarida ishtirok etgan. Tayanib sakrash bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2009-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Saralash bahslarida 38-oʻrinni egallab, finalga bosqichiga chiqa olmagan.
2010-yilda Doʻhadagi jahon chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Ostravadagi jahon chempionatida esa pol (gilam)da bajariladigan mashqlarda oltin va tayanib sakrash yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2011—2012 2011-yilda Bolu viloyatidagi Bolu Abant İzzet Baysal universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan.
2013—2015 2013-yilning boshida Üçtaş uzoq vaqtdan beri tuzalmayotgan jarohati sababli badiiy gimnastikadagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. 2013-yil 14-avgustda Izmirda Özgün Şanlı bilan turmush qurgan. 2015-yilda qiz farzand dunyoga keltirgan.
2016—2017 Uchtas Şanli farzand dunyoga keltirganidan 11 oy oʻtgach, sportga qaytib, Mersin Challenge Cup musobaqasida ishtirok etgan. Mazkur musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan„Uctas Sanli Goksu“. .
2023 2023-yil 25-aprel kuni Üçtaş Şanlı sportdagi faoliyatini yakunlaganligini maʼlum qilgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol sportchilar Turkum:Turkiyalik sportchilar Turkum:Badiiy gimnastika Turkum:Badiiy gimnastikachilar haqidagi chala maqolalar