Rūta Meilutitė (1997-yil 19-martda tugʻilgan) — litvalik suzuvchi. Olimpiada oltin medali sohibasi. Qisqa (uzunligi 25 m) hovuzlarda 50 metrga brass usulida suzish va 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordchisi. Uzun (uzunligi 50 m) hovuzlarda 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordchisi. Uzun hovuzlarda 100 metrga brass uslubida suzish boʻyicha jahonning sobiq rekordchisi.
15 yoshida Buyuk Britaniyadagi Plymouth kolleji sharafini himoya qiladigan Plymouth Leander Swimming Clubda Jon Rudd boshchiligidagi murabbiylar shtabi qoʻl ostida mashgʻulotlarni boshlaguniga qadar suzish boʻyicha litvalik ayol sportchilar tarafidan oʻrnatilgan 11 ta rekordni yangilab boʻlgan edi. 2011-yili Trabzonda boʻlib oʻtgan Yevropalik yoshlar oʻrtasidagi yozgi olimpiya festivalida 100 metrga brass usulida suzishda oltin, 50 metrga erkin usulda suzishda kumush va 100 metrga erkin usulda suzishda bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiadada Meilutitė ayollar oʻrtasida 100 metrga brass usulida suzish bahslarida 1:05.47 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan. 15 yoshida olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan eng yosh litvalik sportchiga aylangan.
2013-yilda Meilutyté oʻzi oʻrnatgan Yevropa rekordini 0,01 soniyaga yangilagan. 2013-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan. 50 va 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordlarini oʻrnatgan. 17 yoshida Rūta Meilutitė kamida bir marta suzish boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi barcha xalqaro chempionatlarda gʻolib chiqqan tarixdagi birinchi suzuvchiga aylangan.
2019-yil iyulida Meilutyté 2018-yilning aprelidan 2019-yilning martigacha boʻlgan muddatda antidoping qoidalarini buzgani uchun 24 oyga musobaqalardan chetlatilgan„FINA Doping Panel Decision — Ruta Meilutyte (LTU)“. . 2021-yil dekabr oyidan musobaqalarda qatnasha boshlaganRace, Retta (17 December 2021). . Manbalar
Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar