Ivanna Orestovna Klimpush-Sinsadze (; 5-iyul 1972-yil, Kiyev) — ukrainalik siyosatchi, jamoat arbobi, Ukraina xalq deputati (2019 va 2014—2016-yillar). 2016-yil 14-apreldan 2019-yil 29-avgustgacha Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevro-Atlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari. VIII chaqiriq Ukraina xalq deputati (2014—2016). Biografiyasi Yaroslava va Orest Klimpushning qizi. Bolaligida jurnalist boʻlishni xohlagan, lekin onasining talabi bilan defektolog-logoped sohasiga oʻqishga kiradi. 1991—1993-yillarda Starokievskiy tumani bolalar hududiy tibbiyot birlashmasi nutq terapevti. 1992-yilda Garvard universiteti (AQSh) Garvard Ukraina tadqiqot institutining yozgi maktabida malaka oshirgan. 1994-yilda Mixail Draxomanov nomidagi Milliy pedagogika universitetini defektologiya va logopediya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993—1994-yillarda Montana state universitetida (AQSh) xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq yoʻnalishida tahsil olgan. 1994—1999-yillarda Ukraina mustaqil siyosiy tadqiqotlar markazi nodavlat tashkiloti loyiha menejeri, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi. 1997-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining xalqaro munosabatlar institutini xalqaro munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini, 1998-yilda esa xalqaro munosabatlar boʻyicha magistr darajasini olgan. 1999—2002-yillarda Sharq-Gʻarb institutining Kiyev markazida loyiha menejeri. 2001—2002-yillarda Sharq-Gʻarb institutining Kiyev markazi direktori vazifasini bajaruvchi. 2002—2007-yillarda BBC radiosining AQShdagi (Vashington) va Kavkazdagi (Tbilisi) Ukraina xizmati muxbiri. 2007—2009-yillarda „Ukraina xalqaro hamkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi“ („Fond Otkroy Ukrainu“) xalqaro xayriya tashkilotining dasturlar boʻyicha direktor oʻrinbosari. 2009—2011-yillarda „Ukraina xalqaro hamkorligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi“ xalqaro xayriya tashkiloti („Fond Otkroy Ukrainu“) direktori boʻlib ishlagan. 2011-yildan Yalta Yevropa strategiyasi xayriya tashkilotining direktori. „Ukraina media markazi“ jamoat tashkiloti („Ukraina inqirozi media markazi“), „Aspen-Ukraina bitiruvchilari assotsiatsiyasi“ jamoat birlashmasi boshqaruvi aʼzosi; „Iqtisodiy tadqiqotlar va siyosiy maslahatlar instituti“ nodavlat notijorat tashkiloti va „Ukraina davlat siyosati instituti“ NNT kuzatuv kengashlari aʼzosi. „Chernomorskiy region: sotrudnichestvo i bezopasnost“ kitobining hammuallifi.

Oilasi Eri Archil Sinsadze, Solomiya va Melaniya ismli qizlari bor. Siyosiy faoliyati VIII chaqiriq Oliy radaga saylovlarda (2014) Petro Poroshenko blokining „Solidarnost“ partiyasidan 61-raqam bilan parlamentga kiradi. 2014-yil 27-noyabrdan 2016-yil 14-aprelgacha xalq deputati boʻlgan. Ukraina Oliy radasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ukrainaning NATO Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi raisi boʻlgan. 2016-yil 14-aprelda Ukraina Oliy radasi Ukraina Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini tayinlaydi, unda Klimpush-Sinsadze bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimini egallaydi. 2016-yil 18-aprelda Ukraina Vazirlar Mahkamasi bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari Ivanna Klimpush-Sinsadzeni Ukrainaning xalqaro munosabatlari va Yevropa integratsiyasi uchun masʼul etib tayinlaydipostanovlenie KMU № 296 ot 18.04.2016. 2018-yilning 1-noyabrida Ukrainaning 322 fuqarosiga, jumladan Klimpush-Sinsadzega nisbatan Rossiya sanksiyalari joriy etiladi. 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida „Yevropeyskaya solidarnost“ („Yevropa birdamligi“) partiyasidan ishtirok etgan (partiyaviy roʻyxatda 10-oʻrin). 2019-yil 29-avgust kuni Ukraina Oliy radasi Groysman hukumatini isteʼfoga chiqaradi va Ivanna Klimpush-Sinsadze esa bosh vazir oʻrinbosari lavozimini tark etadi. Manbalar

Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:5-iyulda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar