Shahnoza Mirzayeva (22-may, 1999-yil;Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) — para-kanoe boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yil Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2017-yilgi para-kanoe boʻyicha Jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan. Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Qayd etgan natijalari evaziga Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
Faoliyati 2017-yilda Chexiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi, 2019-yilda esa Vengriyada kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon chempionatida Shahnoza oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Shahnoza Mirzayeva Tokio-2020 olimpiadasida 6-oʻrinni egalladi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston para-atletikachilari