Café Terrace at Night – golland rassomi Vincent van Gogh tomonidan 1888-yilda chizilgan kartina. U The Cafe Terrace on the Place du Forum nomi bilan ham tanilgan boʻlib, birinchi marta 1891-yilda koʻrgazmaga qoʻyilganida Coffeehouse, in the evening nomi ostida namoyish qilingan.

Van Gogh 1888-yil sentyabr oyining oʻrtalarida Fransiyaning Arles shahrida ushbu kartinani chizgan. Rasm imzolanmagan, lekin rassom tomonidan doʻstlariga yozilgan uchta xatda eslab oʻtilgan.

Rasm hozirda Niderlandiyaning Otterlo shahridagi Kröller-Müller muzeyida saqlanmoqda.

Manbalar

Havolalar

The Vincent van Gogh Gallery entry about Cafe Terrace at Night. Discover van Gogh explores the Last Supper theory further. [http://libmma.contentdm.oclc.org/cdm/ref/collection/p15324coll10/id/167899 ''"Van Gog, rangtasvir va chizmalar: maxsus ko‘chma ko‘rgazma" — Metropolitan san’at muzeyi kutubxonalarining to‘liq raqamlashtirilgan ko‘rgazma katalogi; unda ushbu rasmga oid materiallar mavjud (ko‘rsatkichga qarang).

Turkum:Van Gogh kartinalari Turkum:1888-yil kartinalari