„Six Feet Under“ – amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning debut singli. U birinchi marta 2016-yil 23-iyun kuni SoundCloud orqali chiqarilgan. Keyinchalik 2016-yil 17-noyabrda Darkroom va Interscope Records tomonidan qayta chiqarildi. Eilishning akasi Finnaes O'Connell qoʻshiqni bir oʻzi yozgan va ishlab chiqargan. Bu qoʻshiq „somber“ va „delicate“ pop ballada deb tasvirlangan. Tijorat jihatidan, u Music Canada (MC) tomonidan platina sertifikatiga ega boʻlgan.
Yaratilishi Six Feet Under qoʻshigʻi dastlab 2016-yil 23-iyun kuni Billie Eilishning SoundCloud orqali ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Keyinchalik Darkroom va Interscope Records tomonidan 2016-yil 17-noyabr kuni raqamli yuklash olish va stream uchun yakka tartibdagi singl sifatida chiqarildi. Qoʻshiq Eilishning ukasi Finneas OʻConnell tomonidan yozildi va ishlab chiqarildi. Mastering va mix studiya ishlari esa tegishli ravishda Jon Greenham va Rob Kinelski tomonidan boshqarilgan.
Hal Leonard Music Publishing Musicnotes saytida nashr etilgan notalarga koʻra, Six Feet Under musiqasi bir daqiqada 68 ta beat tempoga ega. Qoʻshiq B minor kalitida kuylangan, Eilishning vokali esa A3 dan D5 gacha boʻlgan. Matbuot sharhlarida bu qoʻshiq atmosferaviy pop ballada deb atalgan. Idolator Mayk Vass asboblarni Lana Del Rey, Låpsley va Birdyning keyingi ishi bilan solishtiradi. 2017-yil yanvar oyida Blu J, Gazzo, Jerry Folk va Aire Atlantica tomonidan remikslar bilan birga EP versiyasi ham chiqarildi. Billboardda Dan Regan Jerry Folkning remiksini boshqalarga qaraganda afzal koʻrgani va u „soz garmoniyalari devorlari bilan sizni yuzingizga uradi“ deb aytdi va yana „sukunat butkul ogʻir vaznni oʻz ichiga oladi, u ovoz beruvchidan miyangizga tushib ketganda har bir notaga ogʻirlik qoʻshadi“ deb qoʻshimcha qildi. Lirik jihatdan Six Feet Under ham Ocean Eyes treki kabi „gʻamgin“ va „delikat“ deb tasvirlanadi.
Qabul qilinishi Six Feet Under taronasi premyera qilinganida, Rolling Stone nashri muxbiri Ryan Reed tomonidan maqtalgan va uni „qaygʻuli“ va „atmosferik“ deb ataganReed, Ryan (April 10, 2019). „'American Horror Story': Watch Slasher Flick-Inspired Teaser for New Season '1984'“. Rolling Stone. Archived from the original on June 22, 2020. Retrieved May 22, 2020.. Qoʻshiq Music Canada (MC) tomonidan platina sertifikati mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi (RIAA) va Meksika fonogramma va videogramma ishlab chiqarish assotsiatsiyasi (AMPROFON) tomonidan oltin sertifikatlangan.
Videoklipi Ushbu qoʻshiq uchun yaratilgan videoklip 2016-yil 30-iyun kuni premyera qilindi. Klip Eilish tomonidan olingan va unda oldinga ham, orqaga ham oʻynayotgan, toʻsiq oldidagi tutunli toʻpchalar koʻrsatilgan. Videoni uning onasi Maggi Baird montaj qilganSpruch, Kristen (December 12, 2019). „10 Billie Eilish Songs Every Superfan Should Know“. Billboard. Archived from the original on June 26, 2020. Retrieved May 25, 2020.. Six Feet Under taronasi Eilishning 2019-yildagi „When We All Fall Asleep Tour“ nomli turining setlistasiga ham kiritilgan edi. Qoʻshiqdan American horror story koʻrsatuvining toʻqqizinchi mavsumida foydalanilgan. Instagramda joylashtirilgan qisqacha tizer klipida rejissyor va yozuvchi Ryan Murphy, oʻrmon orqali yosh ayolning niqoblangan pichoq ushlab taʼqib etayotgan odamdan qochayotgani sekinlashtirilgan kadrlarda namoyish etiladi. Ayol hovliga kiradi, tigʻ eshikni timdalayotgani uchun qichqirib, yigʻlaydi
Treklist
Xodimlar Tidal tomonidan oʻzgartirilgan kreditlar„Six Feet Under – Billie Eilish“. Tidal. November 17, 2016. Archived from the original on June 30, 2020. Retrieved June 29, 2020. Note: Access the 'Credits' button..
Billi Eilish – vokal Finneas OʼConnell – vokal, qoʻshiq matnini yozuvchi, ishlab chiqarish Jon Grinem – masterlash Rob Kinelski – mikslash
Manbalar
Turkum:Billie Eilish qoʻshiqlari Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar