Ryan Guno Babel (1986-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, oxirgi marotaba Turkiya Birinchi ligasi klubi Eyüpsporda oʻynagan. Babel hujumchi yoki chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Dastlabki yillar Babel 1986-yili Amsterdamda tugʻilgan. Oilada 3 ta farzanddan toʻngʻichi edi. Uning ota-onasi sportchi boʻlganligi uchun, Ryan yoshligidan sport bilan shugʻullangan. Ikki yil oʻtib otasining tavsiyasi asosida „Fortius“ klubiga oʻtadi. 11 yoshida Amsterdam terma jamoasiga kirganidan soʻng, Ajax skautlari uni oʻyinlariga qiziqish bildiradi. 1998-yili Babel „Ajax“ning yoshlar jamoasiga koʻchib oʻtadi. Ryan oʻzining ilk proffesional kontraktini 2004-yilning yanvar oyida imzolaydi.
Oʻyin uslubi Babel – baland boʻyli hujumchi. Babel shuningdek, yaxshi dribling egasi hisoblanadi, oʻzining raqiblarini osonlikcha aldab oʻta oladi. Karyerasi davomida bir necha marotaba yarim himoyachi sifatida ham oʻyinlar oʻtkazgan. Niderlandiya terma jamoasida Wesley Sneijder bilan ajoyib juftlik hosil qilgan.
Xalqaro faoliyati Babel 2005-yili boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida qatnashadi. Ryan 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga erishadi. Jamoasi musobaqani chorak finalda yakunlaydi.
2005-yil 26-martda Ryan terma jamoada debyutini oʻtkazadi. Ruminiyaga qarshi oʻyinda u birinchi boʻlimdan soʻng Arjen Robben oʻrniga maydonga tushadi.
Futbolchi 2006-yil, 2010-yil boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida qatnashgan, zaxiradan asosiy tarkibga oʻtmagan.
Oradan 6 yil oʻtib Babel Beshiktoshdagi ajoyib oʻyini uchun terma jamoaga qayta chaqiriladi. Ammo jamoasi bilan 2018-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma ololmaydi. Terma jamoa safidagi ohirgi golini 2018-yil 9-sentabrda Frantsiyaga qarshi oʻyinda kiritgan. Manbalar
Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Amsterdamda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar