Çifte Minareli madrasasi () Turkiyaning Erzurum viloyati, Arzirum shahridagi Saljuqiylar davriga oid meʼmoriy yodgorlik. 1265-yildan bir necha yil oldin ilohiyot maktabi sifatida qurilganJ. M. Rogers, „The Çifte Minare Medrese at Erzurum and the Gök Medrese at Sivas: A Contribution to the History of Style in the Seljuk Architecture of 13th Century Turkey“ Anatolian Studies, Vol. 15. (1965), p. 85.. U oʻz nomini "Egizak minorali" madrasasi, monumental fasadini oʻrab turgan ikkita naysimon minoradan olgan.
Tarixi Çifte Minareli madrasasining Sivasdagi Gök madrasasiuchun namuna boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Peshtoqdagi yozuvga koʻra, u 1271-yilda Saljuq sultoni Alouddin Kayqubod I ning qizi Xudavand xotun tomonidan qurilgan. Madrasaning Buruciye madrasasiga ham taʼsiri boʻlishi mumkin.
Madrasaning sharqiy kirish eshigi va ikkita minorali bezakli gʻisht va koshindan yasalgan ulkan toshli koʻrinishi ajoyib sanʼat asari deya baholanadi
Kirishning har ikki tomonida panno mavjud. Oʻng tomonida ikki boshli burgut rasmi tasvirlangan. Chap tarafdagi naqsh tugallanmaganga oʻxshaydi.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Çifte Minareli Medresaning turli fotosuratlari Rasmiy sayyohlik agentligi
Turkum:Turkiyadagi madrasalar