Çağhan Kızıl (1981-yil 14-oktabr) turk va nemis neyrologi va genetigi. Taub instituti neyrologiya fanlari dotsenti hamda Columbia University Vagelos College of Physicians and Surgeons kolleji qoshidagi Columbia University Irving Medical Center markazida miya qarishi bilan bogʻliq tadqiqotlar olib borgan„Announcement for Visiting Position and Award“, LinkedIn, April 23, 2021„Department of Neurology Faculty Profile“, Columbia University, November 23, 2022.

Faoliyati Uning faoliyati genetika, neyrologiya, hujayra biologiyasi, neyroimmunologiya, biotexnologiya va dori vositalarini ishlab chiqishni oʻz ichiga olgan fanlararo tadqiqotlardan iborat. Uning jamoasi, asosan, kattalar miyasining neyrodegenerativ kasalliklarga bardosh berishi va qayta tiklanishida zebrafishdan foydalanishga eʼtibor qaratgan. Avvalo kattalar zebrafish miyasining Altsgeymer modelini yaratib„Advances in Alzheimer’s research by Dr. Çağhan Kızıl and his research group, TU Dresden press release“, TU Dresden, April 22, 2019, va bu modeldagi ildiz hujayra plastisiyasini bir hujayrali sekvensiyaga asoslangan tadqiqotini oʻtkazish orqali„How fish brain cells react to Alzheimer’s disease, DZNE press release“ , German Center for Neurodegenerative Diseases (DZNE), Helmholtz Association, April 23, 2019 miya regenerativ nerv ildiz hujayralarining plastisiyasini qoʻzgʻatish va zebrafish miyasida Altsgeymer kasalligi bilan bogʻliq inson genlarining funktsiyalarini aniqlashga yordam beruvchi molekulyar dasturlarni oʻrganishni maqsad qilgan„Missing Link Between Alzheimer’s and Vascular Disease Found?“, Columbia University Irving Medical Center Newsroom, May 24, 2022. Shuningdek, u dori industriyasiga hissa qoʻshgan in vitro platformasi boʻlmish, 3D inson miyasi modellari kabi sutemizuvchilar miyasida qiyosiy tadqiqotlarda ishlatiladigan vositalarni ishlab chiqqan„Alzheimer’s in mini format“ , DZNE Press release, April 22, 2019.

Çağhan Kızıl Helmholtz assotsiatsiyasi tarkibidagi Nemis neyrodegenerativ kasalliklar markazida Helmgolts tadqiqot guruhini boshqargan„Çağhan Kızıl’s website — DZNE“, DZNE, April 22, 2019„Kizil Lab’s website — Kizil Lab“, Kizil Lab, April 22, 2019. Soʻngra 2013-yilda Helmholtz Young investigator mukofotini olganidan soʻng oʻz laboratoriyasini ochgan„1.7 million Euros for young Dresden based researcher“ , DZNE Press release, April 22, 2019„New Helmholtz young investigators“ , Helmholtz Association, April 22, 2019„Zebra Balığı Alzheimer’dan Çıkış Yolumuz mu? | Çağhan KIZIL | TEDxAnkara“, TEDx Ankara, February 20, 2019. 2014-yilda Turkiya Oliy Taʼlim Kengashida dotsentlik dissertatsiyasini yoqladi. 2019-yil Helmgolts uyushmasi doirasida DZNE Drezdenda guruh rahbari sifatida ham faoliyat olib borgan. U neyrologik kasalliklar uchun 3D yuqori oʻtkazuvchanlikdagi dori skrining platformasiga ixtisoslashgan Neuron-D GmbH"DZNEʼs First Spin-off „Neuron-D“ Uses Innovative Technology for Drug Testing" , DZNE Press release, March 18, 2021 neyrodegenerativ kasalliklar markaziga asos solgan„NEURON-D by DZNE, Video“, DZNE introduction video, March 18, 2021.

Manbalar

Havolalar Google Scholarda Çağhan Kızıl tomonidan yozilgan maqolalar

Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar