Zayd ibn Umar () — ikkinchi xalifa Umar ibn al-Xatob va uning rafiqasi Ummu Kulsum binti Alining oʻgʻliMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers., Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi.

Biografiyasi

Zayd ibn Umar oʻz qabilasi Banu Adiyga tinchlik olib kelish yoʻlidagi saʼy-harakatlari natijasida oʻldirilgan. Zayd ibn Umardan hech qanday avlod qolmaganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers..

Ota-onasining nikohi Ali oʻz qizlarini ukasi Jaʼfar ibn Abu Tolibning oʻgʻillariga turmushga berishni xohlaydi, ammo boʻlajak xalifa Umar Alining qizi Ummu Kulsumning qoʻlini soʻraydi va Aliga qarata: „Yer yuzidagi hech bir kishi unga men kabi yaxshiroq munosabatda boʻlmaydi“ deb aytadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers..

Ali Umarga qizi hali balogʻat yoshiga yetmaganini tushuntiradiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers., lekin shunday boʻlsa-da, Umar undan rozilik bildirishini soʻraydi. Soʻngra Ali qiziga yoʻl-yoʻl chopon beradi va unga shunday buyuradi: „Buni amirul moʻminga olib boring va otam, agar bu chopon sizga yoqsa, uni oʻzingiz bilan olib qoling, agar yoqmasa, uni qaytarib bering deb aytdi deng“. Ummu Kulsum ushbu xababrni Umarga yetkazgach, qaytib kelib otasiga: „U kishi choponning tugmalarini ham yechmas, mendan boshqa narsaga qaramas edi“, — deydi. Umar Ummu Kulsumga chopon unga yoqqanligini aytadi va bu xabardan keyin Ali Ummu Kulsumni Umarga turmushga berishga rozi boʻladi. Umar rafiqasi uchun 40 ming dirham mahr beradi, ularning nikohi milodiy 638-yilning noyabr yoki dekabr oylarida (hijriy 17-yilning Zulqaʼda oyi) boʻladiMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, p. 101. Albany: State University of New York Press.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Juynboll, G. H. A. (1989). Volume 13: The Conquest of Iraq, Southwestern Persia, and Egypt, pp. 109-110. Albany: State University of New York Press..

Umar va Ummu Kulsum Zayd va Ruqayya ismli ikki farzand koʻrishadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers., qizi Ruqayya keyinchalik Saʼd ibn Abi Vaqqosning oʻgʻli Ibrohimga turmushga chiqadi va undan qiz farzandni dunyoga keltiradi.

Yana qarang

Sahoba

Manbalar

Adabiyotlar Al-Maorif, Ibn Qutayba 77-bet, „Zikri Umar“ bobi

Turkum:Sahobalar ajdodlari Turkum:Umar Turkum:Roshidun xalifalarining farzandlari