Igor Anatolyevich Ponomaryov (; 1960-yil 24-fevral, Boku) — sovet va ozarbayjonlik futbolchi, yarim himoyachi, murabbiy. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1989).
Tarjimai holi Onasining qarshiligiga qaramay Igorning otasi uni futbolga olib borgan. Igorning otasi oʻgʻlini Alekper Jafarovga shogirdlikka berishni xohlagan. Ammo Jafarovning barcha guruhlari toʻla boʻlganligi sababli bu niyat amalga oshmagan. Jafarov Igorning otasiga murabbiy Vagif Oxundovning guruhini tavsiya qilgan.
Faoliyatining asosiy qismini Bokuning "Neftchi" jamoasida oʻtkazgan. 1982-yilda SSKA tarkibida harbiy xizmatni oʻtagan va shu klubda faoliyat yuritgan. 1989-yilda Shvetsiyaning „Norrköping“ jamoasida yarim mavsum oʻynagan va jamoa bilan mamlakat chempioni boʻlgan. Jarohat tufayli faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻlgan.
Ketma-ket aniq amalga oshirilgan penaltilar soni (24 ta) boʻyicha SSSR chempionatining rekordchisi. Igor faoliyati davomida jami 34 penaltining 31 tasini golga aylantirgan. Futbolchining fikricha, xotirjamligi va asablarining mustahkamligi uning muvaffaqiyat kaliti edi.
Faoliyatini tugatgandan soʻng Shvetsiyada yashab qolgan. Shvetsiya quyi ligasi jamoalarini boshqargan. 2000—2001-yillarda Ozarbayjon terma jamoasini boshqargan.
2004-yilning yozidan 2005-yilning yozigacha „Qorabogʻ-Azersun“ klubiga murabbiylik qilgan. Ozarbayjon chempionatining 2004—05-yilgi mavsumida klub 6-oʻrinni egallagan. Mavsum oxirida Ponomaryov klubni tark etgan.
2019-yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning „Sabah“ klubiga murabbiylik qilgan.
Oʻgʻli Anatoliy ham futbolchi.
2010-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi bilan taqdirlangan.
2020-yil 24-fevralda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Igor Ponomaryov „Shohrat“ ordeni bilan taqdirlangan.
Hozirda Ozarbayjonning „Sabah“ futbol klubi kuzatuv kengashi aʼzosi.
SSSR terma jamoasi 1988-yilda SSSR Milliy terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan. Terma jamoadagi faoliyati davomida Ponomaryov 1 ta rasmiy va 14 ta norasmiy uchrashuvlarda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9 ta toʻp kiritganIz knigi Viktora Xoxlyuka „Zolotie olimpiysi Seula“, str. 320 . Seuldagi olimpiadada Koreya terma jamoasiga qarshi (0:0) oʻyinda maydonga tushgan.
Manbalar
Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:24-fevralda tugʻilganlar Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:SSSR milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Shvetsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sovet Ittifoqi muhojir erkak futbolchilari Turkum:Ozarbayjonlik futbol murabbiylar Turkum:Ozarbayjon milliy futbol terma jamoasi murabbiylari