„English Vocabulary in Use Advanced“ () — ingliz tili soʻz boyligi boʻyicha Michael McCarthy hamda Felicity O'Dell qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2002-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2013-yil va 2017-yillarda ayni nashriyotda asarning mos ravishda ikkinchi va uchinchi nashri bosilib chiqqan.
Qoʻllanma ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirilgan va IELTS hamda TOEFL kabi standartlashtirilgan testlarga hozirlanayotganlar orasida keng qoʻllanadi. Asarning ingliz tilini boshlangʻich va yuqori-oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyalari ham mavjud. Oʻrtadan yuqori darajada oʻzlashtirgan til oʻrganuvchilari uchun moʻljallangan kitobni Clare Welch „Tefl“ nashri uchun yozgan taqrizida yuqori baholagan.
Yana qarang „English Collocations in Use Advanced“ „English Vocabulary in Use Elementary“ „English Vocabulary in Use Upper-Intermediate“
Manbalar
Havolalar „English Vocabulary in Use Advanced“ Cambdridge universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar