Alisher Ilxamovich Abdullayev (1988-yil 11-fevral, Qoʻqon, Fargʻona viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi Direktori.

Taʼlim Maʼlumoti oliy

2006–2010-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali bakalavr bosqichi.

2010–2012-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

2012–2013 — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektron tijorat kafedrasi assistenti.

2013–2017 — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti.

2017–2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshligʻi.

2019–2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.

2021–2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi.

2021–2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi direktori.

2022–2024 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori

Mukofotlari

2011-yil Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni.

2021-yil Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 29 yilligi.

2022-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi.

2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni.

Qoʻshimcha faoliyat

Sunʼiy intellekt kengashi aʼzosi >

Manbalar

Havolalar edu.uz  — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sahifasi e-edu.uz  — Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazining rasmiy veb-sahifasi