alt=|thumb|348x348px| 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari mashʼalasi Olimpiya chempioni Zeno Colò ITA tomonidan koʻtarilgan. 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari, rasmiy ravishda VII Qishki Olimpiya oʻyinlari () yoki Cortina d’Ampezzo 1956 () — 1956-yil 26-yanvardan 5-fevralga qadar Italiyaning Kortina-dʼampetsso shahrida oʻtkazilgan Qishki Olimpiada oʻyinlari.
1944-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan Kortina shahri navbatdagi 1956-yilgi oʻyinlarni oʻtkazish uchun Monreal, Colorado Springs va Lake Placid shaharlarini ortda qoldirdi va musobaqalarga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Kortinadagi Olimpiya oʻyinlarining oʻziga xosligi shundaki, musobaqalar boʻlib oʻtadigan koʻplab sport inshootlari bir-biriga juda yaqin joylashgan va ularning biridan ikkinchisiga piyoda yurib borish mumkin edi. Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishga mas’ul tashkiliy qoʻmita shahar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Italiya hukumatidan moliyaviy koʻmak soʻragan, biroq ushbu oʻyinlar uchun qolgan barcha xarajatlar xususiy manbalar tomonidan moliyalashtirilishi kerak boʻlgan. Shunday qilib, tashkiliy qoʻmita birinchi marotaba Olimpiada oʻyinlarini moliyalashtirish uchun korporativ homiylikka tayangan.
1956-yilgi oʻyinlarda umumiy hisobda 32 ta davlat ishtirok etgan boʻlib, bu Qishki Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich edi. Sportchilar jami 4 ta sport turidan 24 ta yoʻnalish boʻyicha musobaqa medallari uchun kurash olib borgan. Avstriyalik Toni Sailer togʻ changʻi sporti boʻyicha bir Olimpiadada 3 ta yoʻnalish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan ilk sportchi edi. Aynan ushbu Olimpiya oʻyinlarida figurali uchish boʻyicha bahslar oxirgi marotaba ochiq havoda oʻtkazilgan, shundan keyin barcha oʻyinlar yopiq hududda oʻtkazila boshlangan. Qishki Olimpiada musobaqalari davomida logistik nuqtai nazardan yuzaga kelgan yagona muammo qorning yetishmasligi edi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida Italiya armiyasi katta miqdordagi qorni kerakli hududlarga tashigan.
Mamlakatlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar, shuningdek, ular amalga oshirayotgan siyosat, Vengriya inqilobi va Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi Avstraliyaning Melburn va Viktoriya shaharlarida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga (oʻsha yili koʻplab davlatlar tomonidan boykot eʼlon qilingan edi) koʻrsatgan salbiy taʼsiridan farqli oʻlaroq ushbu musobaqalarga jiddiy zarar yetkazmagan. Kortina Olimpiadasi koʻp millatli tomoshabinlarni oʻzida jamlay olgan ilk Qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlgan.
1956-yilgi oʻyinlardan 70 yil oʻtib, 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga Kortina shahri Milan (Lombardia) bilan birgalikda mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa mezbon shahrini tanlash Kortina-dʼampetsso Italiyaning shimoli-sharqiy burchagidagi Dolomite Alp togʻlarida joylashgan togʻ-changʻi kurort qishlogʻi hisoblanadiRobertson (1903), pp. 172–173.. 1956-yilda qishloq aholisi 6500 kishidan iborat edi. Mohir togʻ changʻisi sportchisi, figurali uchuvchi, 1925-yildan buyon Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) aʼzosi graf Alberto Bonacossa Olimpiya oʻyinlarining aynan Kortina-d’ampetssoda oʻtkazilishi uchun qattiq harakat qilganFindling and Pelle (1996), p. 258.. U Kortina shahar kengashini 1944-yilgi oʻyinlarni oʻtkazish uchun ariza berishga koʻndirgan edi. 1939-yilda Londonda boʻlib oʻtgan XOQning 38-kongressida Kortina-d’ampetsso 1944-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqiga sazovor boʻlgan, ammo Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi sababli ushbu oʻyinlar bekor qilinganFindling and Pelle (1996), pp. 246–247..
1946-yilda Italiya qishki sport turlari federatsiyasi Milanda oʻtkazilgan yigʻilishda Kortinada Qishki oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha yangi tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga qaror qildi. Graf Bonacossa boshchiligidagi delegatsiya Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 40-sessiyasida shaharning 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish taklifini taqdim etdi. Ushbu qaror shahar kengashi va Italiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi (CONI, Comitato Olimpico Nazionale Italiano) tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Biroq Norvegiyaning Oslo shahri tomonidan berilgan musobaqalarni oʻtkazish taklifi Kortinani magʻlub eta oldiFindling and Pelle (1996), p. 258.. Shundan keyin Graf Bonacossa va CONI navbatdagi 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun qoʻmitaga uchinchi marotaba taklif bilan murojaat qildi. Musobaqaga mezbon shahar Italiyaning Rim shahrida oʻtkazilgan XOQning 43-sessiyasida tanlab olindi. 1949-yilning 28-aprelida Kortina-d’ampetsso Monreal, Colorado Springs va Lake Placid ustidan 75% ovoz bilan gʻalaba qozondi. Biroq, afsuski, Bonacossaning oʻzi Kortinadagi oʻyinlardan uch yil oldin 1953-yilning 30-yanvarida vafot etdiFindling & Pelle (1996), p. 259.. +1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun topshirilgan arizalar natijasi Shahar Mamlakat 1-tur Kortina-d’ampetsso 31 Monreal 7 Colorado Springs 2 Lake Placid 1
Ishtirokchi davlatlar Kortinadagi oʻyinlarda jami 32 davlatdan sportchilar tashrif buyurdi. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi bilan bir qatorda Boliviya va Eron ham birinchi marotaba Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Boliviyaning oʻzi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan ilk tropik davlatga aylandi. Koreya, Lixtenshteyn va Turkiya 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok eta olmay qaytgan boʻlsa, Argentina, Daniya, Yangi Zelandiya va Portugaliya davlatlari bundan oldingi musobaqalarda qatnashib, 1956-yilgi oʻyinlarda ishtirok etmaganComitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 50–69. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi sportchilari Germaniyaning birlashgan terma jamoasi sifatida musobaqalarda birgalikda kurash olib borishgan, shuningdek, ushbu kelishuv keyingi ikkita Olimpiada oʻyinlarida ham davom etgan.
Quyida 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan davlatlar roʻyxati va qavs ichida raqobatchilar soni keltirilganComitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 50–69: 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan Milliy olimpiada qoʻmitalari
(host)
Milliy olimpiada qoʻmitalari tomonidan tashrif buyurgan sportchilar soni XOQ Mamlakat Sportchilar ITA 79 EUA 75 AQSH 74 ShVE 68 URS 67 AUT 66 SUI 61 POL 53 NOR 51 GBR 45 TCH 41 JON 37 FRA 37 FIN 34 ROU 20 YUG 17 ESP 14 AUS 10 JPN 10 ISL 8 LIE 8 NED 8 BUL 7 TUR 6 BEL 6 CHI 4 IRN 4 KOR 4 GRE 3 LIB 3 HUN 2 BOL 1 Jami 821
Medallar soni 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari medallarini qoʻlga kiritgan eng yaxshi oʻnta davlatlarComitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 689:
1500 metrga konkida uchish boʻyicha Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining ikki nafar sportchilari birinchi oʻrinni egallagan va 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritishganComitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 689.
Podiumga koʻtarilish + Sana Sport Tadbir MOQ Oltin Kumush Bronza 29-yanvar Togʻ changʻisi Ulkan slalom (erkaklar oʻrtasida) Toni Sailer Andreas Molterer Valter Schuster 1-fevral Figurali uchish Yakkalik bahslari (erkaklar oʻrtasida) Hayes Alan Jenkins Ronald Robertson David Jenkins
Tashkilot 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari Italiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Italiya hukumati aʼzolaridan iborat qoʻmita tomonidan tashkil etilganFindling and Pelle (1996), p. 258.. Qoʻmita tomonidan bir guruh kuzatuvchilar 1952-yilda Oslodagi oʻyinlarga mamlakat tomonidan tuzib chiqilgan sport dasturi, shuningdek, mamlakat infratuzilmasi va turar-joy talablari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash maqsadida yuborilganComitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 117–118. U yerdan olingan razvedka maʼlumotlariga koʻra, Kortina shahridagi sport obyektlari Olimpiya standartlariga mos emas edi. Masalan, shaharda muz stadioni yoki konkida uchish maydonchasi yoʻq edi, shuningdek, togʻ changʻisi uchun foydalaniladigan yoʻlaklar, changʻida sakrash va bobsley yugurish maydonchalari ham yomon ahvolda boʻlgan. Kortina aslida kichik qishloq boʻlib, qishki oʻyinlarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlarni bir vaqtda sigʻdirish uchun biroz qiynalar edi. Sport oʻyinlarini kuzatish uchun oqib kelayotgan tomoshabinlarni qabul qilish maqsadida yangi yoʻllar va temir yoʻl liniyalari qurilishi, shuningdek, shaharning elektr va telefon tarmoqlarini kengaytirishga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, kanalizatsiya va suv sigʻimini ham yaxshilash kerak ediFindling and Pelle (1996), p. 259–260. Italiya hukumati infratuzilmani yaxshilash maqsadida 460 million Italiya lirasini ajratdi. Italiya Olimpiya qoʻmitasi oʻyinlarni oʻtkazish bilan bogʻliq qolgan barcha xarajatlarni moliyalashtirishga mas’ul edi. Ular buni oʻz byudjetlaridan, jumladan, chiptalar sotuvidan va hattoki mahalliy futbol oʻyinlariga tikilgan pullarning bir qismini mablagʻ sifatida ajratish orqali amalga oshirdilarComitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 156.. Tashkiliy qoʻmita ham korporativ homiylikni sotish boʻyicha misli koʻrilmagan qadam tashladi. Misol uchun, Fiat 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining rasmiy avtomobili deb topilgan boʻlsa, Olivetti ishlab chiqarish sanoati ushbu oʻyinlarga tashrif buyurgan 400 nafar jurnalistlarni yozuv mashinkalari bilan taʼminlaganJudd (2008), p. 27..
Siyosat Ikkinchi Jahon urushidagi ittifoqchilarning gʻalabasidan keyin Sovuq urush boshlandi. 1952-yilga qadar Sharqiy Yevropaning koʻplab kommunistik mamlakatlari ishchilar olimpiadasi yoki spartakiadalarida ishtirok etib kelishar edi. Sovet Ittifoqi spartakiadagi ishtirokini rad etgan holda 1952-yilgi Helsinki Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, xalqaro izolyatsiyadan chiqishga erishdi va Kortinadagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida debyut qilishga muvaffaq boʻldi. Sovet Bosh kotibi Nikita Xrushchyovning maqsadi Olimpiya oʻyinlari kabi xalqaro sport musobaqalaridan kommunizmning ustunligini koʻrsatish, boshqa kommunistik mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarni mustahkamlash va Sovet Ittifoqini dunyo boʻylab tinchliksevar davlat sifatida koʻrsatishdan iborat ediKeys (2006), p. 295.. Sovetlarning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki raqobat darajasini yanada oshirdi, chunki ular boshqa mamlakatlarga qaraganda eng koʻp medallar shodasini, shuningdek, eng koʻp oltin medallarni qoʻlga kiritdilarFindling and Pelle (1996), p. 261. Sovet Olimpiya terma jamoasi, shuningdek, havaskorlar qoidalarini chetlab oʻtish bilan ham mashhur edi. Koʻpgina ekspertlarning fikriga koʻra, bu narsa Sovet Ittifoqiga Amerika Qoʻshma Shtatlari va sportchi talabalar yoki haqiqiy havaskorlardan iborat boʻlgan boshqa Gʻarb mamlakatlariga nisbatan katta ustunlik bergan. Kortina oʻyinlari Vengriya inqilobi va keyingi Sovet bosqini, shuningdek, 1956-yilning kuzida sodir boʻlgan Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasidan oldin oʻtkazilganFindling and Pelle (1996), p. 260..
Televizion