Oldinlari " Shetland Space Centre " nomi bilan tanilgan SaxaVord Kosmodromi, Shotlandiyaning asosiy hududidan tashqarida boʻlgan Shetlend orollarining shimoliy qismida joylashgan Unst orolidagi Lamba Ness yarim orolida joylashishi rejalashtirilgan. Qurishi moʻljallangan kosmodrom RAF Saxa Vord radar stantsiyasi va Saxa Vord spirtli ichimliklar zavodiga tutash hududdagi Skaw aholi punkti yaqinida joylashgan.

Tarixi Lockheed Martin kompaniyasining UK Pathfinder sunʼiy yoʻldoshlar tashuvchi raketa majmuasi ushbu kosmodromdan uchishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturga " ABL Space Systems " raketalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyasining balandligi 27m boʻlgan hamda 1000 kg gacha boʻlgan yuklarni quyosh bilan sinxron orbitaga olib chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan „ RS1“ raketasi tavsiya etilgan. " UK Pathfinder Launch " dasturi "Buyuk Britaniya kosmik agentligi "ning 23,5 million funt-sterlingi miqdoridagi granti bilan moliyalashtirilgan.

Kosmodrom 2021-yil oxirigacha dvigatel va suborbital sinovlarni va 2023-yilgacha orbital uchirishlar amalga oshirishni maqsad qilgan Germaniyaning HyImpulse Technologies raketa ishlab chiqaruvchisi tomonidan ham foydalaniladi.

2021-yilning oktabr oyida Skyrora kompaniyasi sunʼiy yoʻldoshlarni orbitaga olib chiqishni boshlash maqsadida ushbu kosmodrom bilan 2022-yildan boshlab keyingi oʻn yillik uchun shartnoma imzoladi.

2021-yilda Farningham Planning kompaniyasi Shetlands orollari Kengashi ga yiliga 30 tagacha parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish boʻyicha oʻz taklifini taqdim etgan. Ushbu reja oʻz ichiga Lamba Ness yarim orolida sunʼiy yoʻldosh kuzatuv stansiyasi va raketalar uchun angar kabi qoʻshimcha infratuzilmaga ega uchta raketa uchirish maydonchasini qoʻshish uchun boʻlgan. Taqdim etigan rejada, shuningdek, sobiq RAF Saxa Vord majmuasida masofadan turib boshqarish markazini qurish, hamda Baltasounddagi Ordeyl aeroportida yoqilgʻi saqlash omborlari va uchish maydonchasi atrofidagi yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha takliflar ham mavjud.

2023-yilning yanvar oyida Germaniyaning " Rocket Factory Augsburg " kompaniyasi kosmodromning shimoliy uchish maydonchasi boʻlmish " Launch Pad Fredo "dan toʻliq foydalanish huquqini beruvchi koʻp yillik shartnomani imzoladi. Shartnomaga asosan 2023-yil oʻrtalarida " RFA One "ning asosiy bosqichini sinovdan oʻtkazgan holda, 2023-yil oxirigacha toʻliq parvozni amalga oshirish rejalashtirilgan.

2023-yilning may oyida kosmodrom bosh direktori Frenk Strang Buyuk Britaniya parlamenti Fan va texnologiyalar qoʻmitasining yalpi majlisida yangi 137 million dollarlik moliyaviy paket ajratilishini eʼlon qildi. Ammo moliyalashtirishning asosiy manbasi oshkor etilmagan.

2023-yil ning 28-iyul kuni Buyuk Britaniya Fuqaro Aviatsiyasi boshqarmasi (CAA) HyImpulse kompaniyasiga 2023-yilning 1-dekabridan, 2024-yilning 30-noyabrigacha SaxaVord kosmodromidan ilk marotaba SR75 raketasini uchirishga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya Fuqaro Aviatsiyasi boshqarmasi (CAA) 2023-yilning 17-dekabrida SaxaVord kosmodromiga yiliga 30 tagacha parvozlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻldi va bu bilan „Gʻarbiy Yevropadagi birinchi toʻliq litsenziyalashtirilgan vertikal kosmodrom“ga aylandi.SaxaVord granted spaceport licence by UK Civil Aviation Authority UK Civil Aviation Authority, 2023-22-17.

Manbalar

Turkum:Raketalar Turkum:Shvetsiya Turkum:Orollar Turkum:Buyuk Britaniya Turkum:Kompaniyalar Turkum:Yevropa Ittifoqi