Al-Miqdod ibn Amr al-Bahraniy () – al-Miqdod ibn al-Asvad al-Kindiy () nomi bilan mashhur boʻlgan sahoba. Kunyasi Abu Maʼbad (). Sharqiy Arabistonda tugʻilgan. U oʻz shahridan qochib, Makkaga borgan va u yerda Asvad al-Kindiyga xizmat qilgan. Xoʻjayinining mehrini qozongan Miqdodni Asvad al-Kindiy oʻziga oʻgʻil qilib olgan.
Al-Miqdod keyinchalik Islomni qabul qilgan, u makkalik mushriklarning taʼqiblari tufayli Madinaga hijrat qilishdan oldin Islomni ilk qabul qilganlardan edi. Tarixda al-Miqdod Madinadagi ilk musulmon chavandozlardan biri sifatida tanilgan boʻlib, Muhammad davridagi barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan.
Muhammadning vafotidan keyin al-Miqdod Roshidun xalifaligi davrida Islom dinini ilgari surishda davom etgan, u yerda musulmonlarning Levantni zabt etishida, keyinroq musulmonlarning Misrni bosib olish harakatlarida qatnashgan. Al-Miqdod vafot etgach, uning janoza namozida xalifa Usmon imomlik qilgan.
Sifatlari Al-Miqdod bugʻdoyrang, tukli, soqoli boʻyalgan, koʻzlari va burni katta kishi boʻlgan. Miqdodning qorni juda katta boʻlib, bir vaqtlar uning ulkan oltin sandiq yonida oʻtirgani va odamlar Miqdodning gavdasi sandiqdan ham kattaroq ekanligini taʼkidlashgan.
Biografiyasi Al-Miqdod Yamanning Hazramavt shahrida Amr al-Bahra oilasida tugʻilgan. U va qabiladoshlaridan biri Abu Shammar ibn Hajar al-Kindiy oʻrtasida sodir boʻlgan voqea uni oʻz uyidan Makkaga qochib ketishga majbur qilgan. Makkada u al-Asvad ibn Abdulyagʻuts al-Kindiyga xizmat qilgan va bir necha bor xoʻjayinini hayratda qoldirgan. Keyinchalik xoʻjayini al-Asvadni oʻziga oʻgʻil qilib olgan. Shu tariqa u al-Miqdod ibn Amr emas, balki al-Miqdod ibn Asvad al-Kindiy nomi bilan tanilgan.
Muhammad davrida Muhammad Islom dinini targʻib qila boshlaganida, Miqdod oʻzi eʼtiqod qila boshlagan yangi dinni Asvad ibn Abdulyagʻutsdan yashirgan, biroq u bu dinni qabul qilgan birinchi yetti kishidan biri boʻlgan. Musulmonlar Madinaga hijrat qilganlarida, Miqdod va Utba ibn Gʻazvon musulmonlarni taʼqib qilishda Makka mushriklariga ergashgandek boʻlgan edilar. Biroq Makkadan qochgan bir guruh musulmon muhojirlarga yetib olishganidan keyin Miqdod va Utba darrov mushriklardan ajralib, Madinaga joʻnayotgan musulmonlar safiga qoʻshilishgan.
Manbalardan birida keltirilishicha, Miqdod Badr jangida ot mingan yagona musulmon boʻlib, qolgan barcha musulmonlar tuyada yoki piyoda boʻlishgan. Ushbu jangda Miqdod musulmon qoʻshinining chap qanotiga qoʻmondonlik qilgan. Boshqa bir manbalarga koʻra esa Badr jangida musulmonlar tomondan kamida uch nafar kishi, yaʼni Miqdod, Zubayr ibn Avvom va Marsad ibn Abu Marsadlar ot minishgan. Jangdan oldin Miqdod Muhammadga shunday deydi:
Uhud jangida Miqdod kamonchi boʻlganligi aytiladiIbn al-Athīr, Usd al-ghāba, vol. 2, p. 152.. Keyinchalik Zu Qarad jangida Abdurahmon al-Farojiyning Banu Gʻatafon qoʻshini Madinaga bostirib kelganida Ahram va Abu Qatoda bilan birga ularga qarshi jang qilgan. Axrom bu jangda halok boʻlgan, lekin Miqdod va Abu Qatoda jang soʻnggiga qadar kurashib, Abdurahmon qoʻshinini orqaga chekinishga va qochib ketishga majbur qilgan. Bu haqida „Voqidiy Kitobul Magʻoziy“da ham aytilgan. Miqdod Muhammadning barcha janglarida u bilan birga ishtirok etganZiriklī, al-Aʿlām, vol. 7, p. 282..
Xalifa Umar davrida Birinchi Emesa qamalida Miqdod Bali qabilasi boʻlinmasi qoʻmondoni sifatida ishtirok etgan. Miqdod ushbu qamalda Abu Ubayda ibn Jarroh davrida qatnashgan. Levantdagi yurish paytida Miqdod Roshidun xalifasi Abu Bakr Siddiq qoʻshinida Qur’on qorisi boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, xalifa Umar davrida Yarmuk jangida Xolid ibn al-Volid tomonidan jang oldidan Said ibn Zayd boshchiligidagi orqa qoʻriqchilarning ruhiyatini koʻtarish uchun Anfol surasini tilovat qilish topshirilgan. Musulmonlarning Misrga yurishi davomida Amr ibn al-Os xalifa Umardan qoʻshimcha kuch soʻraganda xalifa Miqdodni unga yordam berish uchun Misrga yuborgan va Amr ibn al-Osga yoʻllagan maktubida Miqdodning kuchi 1000 askarga teng ekanligini maqtab yozgan.
Voqidiyning soʻzlariga koʻra, Miqdodning Amr ibn al-Osga yordam berish chogʻida qoʻl ostidagi Roshidunlar Kafr Tanahdan (zamonaviy Dakahliya gubernatorligidagi hudud) va Misrning Tennis shahridan boshlab al-Gʻarbiya mintaqasidagi bir qancha hududlarni tinchlantirishga erishgan. Keyinchalik Ziror ibn al-Azvar bilan birgalikda qirq otliq bilan yurishini davom ettirgan. Dumyotga yetib borishganida, shahar al-Mukaukisning amakisi al-Hammuk tomonidan mustahkam himoyalangan edi. Al-Hammuk shaharni mustahkamlab, darvozalarni yopib qoʻyadi. Biroq Dumyot boʻysundiriladi va shaharni boshqarish Miqdodga topshiriladi. Qamal Dumyotni himoya qilib turgan Hammukning oʻgʻli Shata taslim boʻlishga rozi boʻlib, Islom dinini qabul qilguniga qadar davom etadi. Shata Islomni qabul qilganligi sababli, Miqdod uni Soh viloyati Ashmun shahridagi qal’alarni, Burullus koʻli va Dumayrani zabt etish uchun qoʻshinga bosh qilib tayinlaydi. Biroq Shata keyinchalik Tina qal’asini egallash paytidagi jangda halok boʻladi.
Keyinchalik Misrning janubiy qismidagi Oxyrhyncuxus qamalida Miqdod, Zubayr ibn Avvom, Zirar ibn al-Azvar va boshqalar 10000 ga yaqin sahobalariga boshchilik qilganlar, ulardan 70 nafari Badr jangida ishtirok etgan faxriylar edi. Miqdod 200 otliq, Zubayr ibn Avvom 300 otliq, Ziror, Abdulloh ibn Umar va Uqba ibn Amir al-Juhaniy 200 otliq boshchiligida shaharni 4 oy davomida qamal qiladilar. Oxyrhyncuxus shahri Roshidun qoʻshini tomonidan boʻysundirilgach, „al-Bahnasa“ nomiga oʻzgartiriladi.
Usmon xalifaligi davrida Xalifa Umar vafotidan keyin Miqdod xalifalikka endigina kelgan Usmonga bay’at qiladiTurkum:CS1 Arabic-language sources (ar). Xalifa Usmon davrida Miqdod Afrikaning keyingi zabt etilishi yurishlarida qatnashadi, u yerga Miqdod Sufetula jangida Gregory boshchiligidagi Vizantiya qoʻshiniga qarshi turish uchun Abdulloh ibn az-Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn al-Os, Abdulloh ibn Abbos, shuningdek Abu Zar al-Gʻaforiy, Misvar bin Maxrama bilan birga yuboriladi.
Keyinchalik, Miqdod, Shaddod ibn Avs va Uboda ibn al-Somit Tartus dengizidagi Arvad orolini zabt etish uchun Muoviya I tomonidan tashkil etilgan xalifalik dengiz armiyasiga qoʻshilishadi. Muoviya boshchiligida Arvad orolini zabt etgan dengizchilar keyinroq Kipr oroliga yurishlarini davom ettiradilar. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Miqdod ham Kiprdagi ushbu dengiz armiyasi tarkibida boʻlgan.
Mahmud Shokirning soʻzlariga koʻra, Miqdod, Muoviya va Ubada armiyasi Afrikadan Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh boshchiligidagi dengiz kuchlari bilan uchrashgan va ular Kiprga ulardan oldinroq kelgan. Keyinchalik ular Kipr orolini Vizantiya garnizonlari ustidan boʻysundirgunlariga qadar kuchlarini birlashtirganlar. Roshidun dengiz kuchlari deyarli barcha Vizantiya garnizonlarini tinchlantiradilar. Poytaxt shahar Salamis nomaʼlum muddat davomida qurshab olinib, qamal qilinganidan keyin butun Kipr oroli birinchi marta taslim etiladi.
Vafoti va vasiyati Ayrim manbalarda qayd etilishicha, Miqdodning bir nasroniy quli uning qorin boʻshligʻini kesib, barcha yogʻlarni olib tashlashini va yarani qayta tikib qoʻyishini aytgan. Biroq bu muolaja Miqdodning infeksiyani yuqtirib olishiga sabab boʻlgan. Miqdod vafot etar ekan, Zubayr ibn al-Avvomdan ikki farzandiga qolgan mulklaridan bir qismini boshqarishini va sotishini soʻraydi. Hasan ibn Ali va Husayn ibn Alilar vaqfdan 18 000 dirham oladilar, qolganidan esa Zubayrdan Muhammadning har bir xotiniga 7 000 dirhamdan berishini soʻraydi.
Miqdod hijriy yil hsobi bilan 33-yilda Damashqda vafot etgan va shu yerda dafn etilganTurkum:CS1 German-language sources (de). Ammo Tabariy Miqdod Madinadan uch chaqirim gʻarbdagi al-Jurfda dafn etilganini, u yerda xalifa Usmon uning janoza namozini oʻqiganligini qayd etgan. thumb|Turkiyadagi Miqdad ibn Amr sharafiga qurilgan Muğdat masjidi
Yana qarang Sahobaga sunniy qarash al-Miḳdād b. ʿAmr
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:652-yilda vafot etganlar Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Muhojirun Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Roshidun xalifaligi kishilari Turkum:Roshidun xalifaligi generallari